Arteta "Arsenal"da qoladi. Rahbariyat u bilan transferlarni muhokama qilmoqda

Alisher
15 may 2021, 16:35
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta kelasi mavsum klubda qoladi.

"Kanonirlar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni qo'llab-quvvatlaydi va yangi transferlarni u bilan muhokama qilmoqda.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Arsenal" joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 9-o'rinda bormoqda, jamoa 36ta o'yinda 55 ochko jamg'ardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano