Arteta "Arsenal" yetakchilaridan voz kechishga tayyor

Alisher
7 fev 2020, 15:04
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubining asosiy o'yinchilari bilan xayrlashishga tayyor.

Gap Mesut O'zil, Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyanglar haqida ketmoqda.

Arteta jamoada haqiqiy inqilob qilishga qaror qildi. Uning talablariga to'g'ri keladigan jamoani shakllantirish uchun hozirgi yulduzlardan voz kechishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Arteta "Arsenal"ni o'tgan yilning so'nggida qabul qilib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun