Arteta: "Agar bugungidek o'ynasak, peshqadamlikka yaqin ham kelmaymiz"
01 jan 2024 11:42
Yangiliklar
Arteta: "Agar bugungidek o'ynasak, peshqadamlikka yaqin ham kelmaymiz"
"Juda og'ir va qayg'uli kun. 3 kun oldin aniq g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan bahsda mag'lub bo'ldik va bugun mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Hujumdagi temp, aql... Himoyaviy o'yin borasida eng yomoni edik, ustunlik qila olmadik va shu sababli muammolarga duch keldik.
To'pga egalik qilishda etarlicha yaxshi harakat qilmadik. Na mano, na tezlik, na keskinlik bor edi. To'p bilan muomalada ehtiyotsizlik qildik. Etarlicha yaxshi bo'lmadik, g'alaba qozonishga loyiq emasdik.
31 dekabr kuni jadvalda 1-o'rinni egallash imkoniga ega bo'lgangiz, lekin oxir-oqibat yoqimsiz his-tuyg'ular bilan yakunlansangiz... Bu futbol.
Agar avvalgi 19ta bahsda bo'lgani kabi o'ynasak, mavsum oxirida yuqorida bo'lamiz. Agar bugungidek o'ynasak, peshqadamlikka yaqin ham kelmaymiz", — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi BBC.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar