So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Arslonmirat Amanov: "Mavsumdagi ilk golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman" Yangiliklar

Arslonmirat Amanov: "Mavsumdagi ilk golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman"

Coca Cola Superliga 5-turi doirasida AGMK jamoasi o'z maydonida "Surxon"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganidan xabaringiz bor.

Bellashuvda zaxiradan maydonga tushgan Arslonmirat Amanov yagona golni kiritgandi. O'yinda Mirjalol Qosimov tomonidan o'z vaqtida zaxiradan maydonga tushirilgan Amanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Katta oraliqdagi tanaffusdan keyin jamoamiz asta-sekin o'z o'yinini topib bormoqda. Optimal formaga kirish uchun biroz vaqt kerak. Bitta gol kam, ko'proq gol urib, o'zimizga qulay sharoit yaratib, xotirjam futbol o'ynashimiz uchun ham bu kerak. Bu orqali futbolchilar o'z kuchiga bo'lgan ishonchni his etib oladi. Bu borada ishlayapmiz.

Maydonga tushishimdan avval Mirjalol Qosimov omad tiladi. Ochig'i, jamoaga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qilganimdan va muhim 3 ochko qo'lga kiritilishida yordamim tekkanidan xursandman. Bu yangi mavsumdagi ilk golim. Bu ham quvonchli.

Joriy mavsumda jamoa oldiga aniq vazifa — OCHLga yo'llanma olish qo'yilgan.  SHu bois vazifani bajarish uchun har bir o'yinda maksimal kuch bilan maydonda borimizni beramiz va muhim ochkolarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика