So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  27 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Arsensiz "Arsenal"?! Yangiliklar

Arsensiz "Arsenal"?!

Vengerning “Arsenal”i yana ochko yo'qotdi. CHempionat grandlarigoa qarshi o'yinlarda yirik hisobda mag'lub bo'lishni ananaga aylantirib olgan “to'pchilar”, elitada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoalarga bilan uchrashuvlarda ham ochko yo'qotib turishni kanda qilmayapti.
“Kanonirlar” APLning 32-turi oldidan chempionlik uchun poygadan deyarli chiqib ketib ulgurishdi. “CHelsi” bilan oradagi farq oltita. “Siti” yana bir qoldirilgan o'yinini g'alaba bilan yakunlasa (boshqacha bo'lmasa ham kerak) oradagi farq 9taga etadi. Keyingi turda esa Arsen amaki va uning shogirdlari aynan “shaharliklar”ga qarshi maydonga tushadi. Ta-daam! Va mana shu o'yinda hammasi bir yoqlik bo'ladi.

“Suonsi”ga qarshi o'yinni ko'rib, jamoada o'zgarishlar qilish vaqti etmadimi, degan fikr yana miyada aylana boshladi... Bugun ingliz matbuoti, rus saytlaridagi “Arsenal” haqida yozadigan bloglar, mualliflarni o'qib, juda ko'pchilik ushbu savol atrofida mulohaza yuritayotganini sezish qiyin emas.

Seshanba kuni britan nashrlari “Arsenal” Vengerga o'rinbosar qidirishni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bu sensacion voqelik! CHunki francuz murabbiyi 1996 yilda London jamoasini qabul qilib olganidan buyon, qanday natijalar qayd etilmasin, necha yillar sovrinsiz o'tib ketmasin, Arsen Vengerga o'rinbosar izlash haqida xabarlar deyarli chiqmagan.

Har qanday holatda ham unga ishonch bildirilishda davom etilgan. Albatta, bu xabarning chiqishi Venger istefo beradi degani emas. Lekin uning amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Yangi shartnoma esa hali imzolanmagan. Imzolashga esa shoshilishmayapti. Masala, ko'p ehtimol bilan, mavsum yakuniga etgach hal etiladi.



“Proffessor” laqabli murabbiyning o'zi ham shartnomaning uzaytirilishi jamoaning mavsum nihoyasidagi natijalariga bog'liq bo'lishini aytib o'tdi. U masuliyatdan qochmayapti va muvaffaqitsizklar uchun javob berishga tayyor. Boshaqa tomondan, rahbariyat ham sovrinsiz mavsumlar uchun muxlislar tomonidan bildirilayotgan noroziliklarga etiborsiz qololmaydi va bosimni yaxshi his etib turibdi.

Har mavsum oldidan yangi maqsadlar, yaxshi niyatlar, sovrinlardan umid... Lekin natija esa yo'q. Natija esa kutilganidek emas. Klub muzeydagi yangi sovrinlar uchun ajratilgan joylar esa bo'sh.

Bu safar ular O'zilning shov-shuvli transferi, ajoyib o'tkazilgan birinchi davra bilan yana muxlislarni umidlantirdi. Lekin hozirgi vaqtga kelib “Arsenal”da faqatgina Angliya Kubogi g'olibligi uchun imkoniyatlar saqlanib qolgan xolos. Jahon futbolidagi eng qadimiy turnirda “kanonir”lardan tashqari “Uigan”, “Xall Siti” va “SHeffild” klublari qoldi. Yutsa bo'ladigan, APL grandi yutishi ham kerak bo'lgan raqiblar. Ko'pchilik ingliz jurnalistlari fikricha, aynan mana shu turnir murabbiyning jamoadagi taqdirini belgilab beradi.
Agar Arsen shu sovrinni ham qo'lga kirita olmasa, ish shartnoma uzaytirilishigacha bormasligi mumkin.

Xo'sh, Venger jamoadan ketadigan bo'lsa, uning o'rnini kim egallashi mumkin? Ishsiz yurganlar orasida top-murabbiylar qolmadi hisob. O'rtamyona murabbiylar bilan esa “Arsenal”ning doimiy ravishda CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinlarda yura oladigan darajasini ham xavf ostiga qo'yishi mumkin. Bu nuqtai nazardan Vengerning o'zi benazir.

Angliya Ommaviy Axborot vositalarida francuzga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan bir necha nomlar tilga olinyapti. Ular qatorida Roberto Martines (“Everton”), Yurgen Klopp (“Borussiya”) va Brenden Rojers (“Liverpul”) kabi mutaxassislar bor. Ammo...

Martines varianti – katta tavakkalchilik. Klopp va Rojers shundoq ham eng yuqori maqsadlarni o'z oldiga qo'yadigan, kuchli jamoalarni boshqarishadi va o'z ishini tashlab, “Arsenal”ga o'tib ketishiga ishonish qiyin.

Yana bir nomzod sifatida Vengerning yordamchisi Stiv Bould ko'rsatilyapti. Ammo oldinga bir qadam tashlash maqsadida 18 yildan buyon jamoada faoliyat yuritayotgan bosh murabbiyni olib tashlab, uning o'rniga yordamchisini qo'yish ko'p ham mantiqqa to'g'ri keladigan ishmas va shunday qilinsa bu qaror o'zini mutlaqo oqlamaslik ehtimoli yuqori.



Masalaning yana bir tomoni, 18 yillik faoliyati davomida Venger klubning deyarli barcha bo'g'inlaridagi jarayonlarda ishtirok etib keladi. U akademiya faoliyati bilan bog'liq ko'p masalalarni hal etadi. Klub bazasidagi tashkiliy ishlarga ham bosh-qosh bo'ladi. U transfer strategiyasini belgilab beradi va yangi futbolchilarni o'zi tanlaydi.

Muxlislar har qancha norozi bo'lmasin, har qancha mavsumlar sovrinsiz o'tmasin, Arsen va “Arsenal”ning xaylashishi oson bo'lmaydi. Klubda hamma uning ketishi oldinga qadam tashlashni taminlab bermasligi mumkinligi bilan bir qatorda, hozirgi daraja ham pasayib ketishi mumkinligini yaxshi tushunib turishibdi. Top-murabbiy topish borgan sari qiyinlashib bormoqda. Butun boshli mexanizm bir insonga bog'lanib qolgan holatda esa xavf ikki barobar yuqori bo'ladi. Devid Moyes misoli londonliklar rahbariyatini yana bir o'ylab ko'rishga majbur qilishi aniq.

Umuman olganda, agar “Arsenal” Angliya Kubogi sohibiga aylana olsa, hamma xursand bo'lishi, ko'p muammolar hal bo'lib ketishi mumkin. Muxlislar sovrinsizlikdan ortiq nolimaydilar. Rahbariyat Venger o'rniga nomzod qidirib, katta tavakkalchilikka yo'l qo'ymaydilar va Vengerga ishonch bildirilib, shartnoma uzaytiriladi... Balki.

Abror Qodirov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика