So’nggi yangiliklar

01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  1 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3

"Arsenal"ni sotib olib, klubga “yangi qon” olib kirmoqchi bo'layotgan Spotify asoschisi Yangiliklar

"Arsenal"ni sotib olib, klubga “yangi qon” olib kirmoqchi bo'layotgan Spotify asoschisi

U bolaligidan jamoa muxlisi bo'lib, Anri, Bergkamp va Vieyra kabi tarafdorlari bilan klubni xarid qilmoqchi.

Biroq Kronkelar oilasi muxlislarning g'alayoniga qaramay, "Arsenal"ni sotmoqchi emas.

Superliga haqidagi voqeadan so'ng "Arsenal" muxlislarining sabr-toqati so'ndi: Londonda klub egasi Sten Kronkega qarshi namoyish qilishdi va undan klubni sotishni talab qilishdi. Hatto potencial xaridor topildi – Spotify musiqa xizmati asoschisi.

Ekning boyligi 3,4 milliard funt sterlingga teng, u musiqa dunyosidagi eng nufuzli shaxs va Cukerbergning do'sti

Daniel Ek – 38 yoshli shved milliarderi va Spotify'ning xo'jayini. Uning boyligi 3,4 milliard funtga baholanmoqda.

Daniel o'smirlik davridayoq veb-saytlar tuzishni o'rgangan, 18 yoshida u o'z kompaniyasini tashkil qilib, unga 25 kishini – asosan, sinfdoshlarini jalb qilgan. Ek 2006 yilda sherigi bilan Spotify'ga asos solgan va 2017 yilda Billboard musiqa jurnali uni sanat dunyosidagi eng nufuzli shaxs deb topgan, chunki uning servisi orqali mashhur qo'shiqchilar reytingi shakllantirilgan. 

Ekning yaqin do'sti Facebook asoschisi Mark Cukerberg sanaladi: ular deyarli tengdosh, amerikalik bir-ikki yoshga kichik. Cukerberg Danielning to'yiga tashrif buyurgan. Mark uni nafaqat Evropaning eng yaxshi tadbirkorlaridan biri deb biladi, balki ajoyib do'st deya ataydi.

"Arsenal" Ekka nima kerak?

U bolaligidan londonliklar muxlisi va rahbariyatda muxlislarning ovozi bo'lishini, so'zi o'tishini istaydi. SHved bolaligidan – shveciyalik futbolchi Anders Limpar jamoada o'ynagan paytdan beri "Arsenal"ga muxlislik qilishini ko'p marta takidlagan.  

Aytishlaricha, futbol  – ishbilarmonning katta qiziqishidir;  u ofisda ishchilari bilan doimo FIFA o'ynab turadi. 

"Emireyts" stadioni tashqarisidagi muxlislar noroziligi (taxminan 3000 kishi qatnashdi) kuni Ek Twitter'da "Arsenal"ni sotib olishga tayyorligini aytdi:

"Men esimni taniganimdan buyon ushbu klubni qo'llab-quvvatlayman. Agar KSE (Kronkening oilaviy kompaniyasi – championat.asia) klubni sotmoqchi bo'lsa, bundan mamnun bo'lar edim".

Tvit tezda 25 ming retvit qilindi va 100 mingdan oshiq layk to'pladi. 

Ek agar hammasi ijobiy hal bo'lsa, muxlislarning klubga tasirini oshirishni niyat qilgani allaqachon malum bo'lgan: uning g'oyasi "Arsenal" boshqaruvida muxlislarning ham bevosita ishtirokini taminlashdan iborat.

Uning tarafdorlari kimlar?

"Arsenal"ning kamida uchta afsonasi – Anri, Bergkamp va Vieyra uni qo'llab-quvvatlamoqda. Ingliz nashrlari "The Telegraph" va "The Guardian" ular "Arsenal"ni Ek bilan birga sotib olish taklifini tayyorlashayotgani haqida xabar berdi. Xabar qilinishicha, milliarder "kanonirlar" afsonalaridan taklif bo'yicha tayyorgarlik jarayonida yordam berishni so'ragan. Reja shunday: agar Daniel klubni xarid qilsa, trio rahbariyat tarkibiga kirishi mumkin.

Terri allaqachon tayyorgarlikni boshlagan – u "The Telegraph"ga intervyu berib, Kronke jamoasi boshchiligidagi rahbariyatni tanqid qildi:

"Men "Arsenal"ni yaxshi ko'raman va o'la-o'lgunimcha muxlislik qilaman, ammo hozir o'z klubimni tanimayapman. Yopiq liga(Superliga nazarda tutilmoqda – championat.asia)ga kirishga urinish – shunchaki dahshatli.

"Arsenal"ni futbol klubi emas, xuddi kompaniya singari boshqarishyapti. Ehtimol, bu futbol qadriyatlarini noto'g'ri tushunishdan kelib chiqadi va pul juda katta vasvasaga olib kelmoqda. Ammo nima bo'lishidan qatiy nazar, bu to'g'ri emas. Muxlislar nima uchun g'alayon qilayotganliklarini tushunaman.

Ilgari odamlar ikkinchi sevimli jamoalarini tanlashlari kerak bo'lsa, bu "Arsenal" bo'lardi – tarix, madaniyat, oila tufayli. Hozir buni guvohi bo'lmayapman va bu alamli. SHunday ekan, shaxsiyatimizni qaytarib olishimiz kerak".

Kronkelar oilasi jamoani sotishga ko'nadimi?

Muxlislar stadionda tartibsizliklar uyushtirishmoqda, afsonalar matbuotda bombardimon qilinmoqda, shved milliarderi katta taklif bilan chiqdi – ammo janob Kronke "Arsenal"ni sotmoqchi emas. Klub bosh direktori Josh Kronke (Stenning o'g'li) "to'pchilar" muxlislari forumidagi savolga shunday javob berdi:

"Biz "Arsenal"ni qachon sotmoqchimiz? Men bu savolga javob bermoqchi emasman, chunki biz klubni sotmaymiz".

Albatta, KSE aktivdan ajralishni istamasligi – syujetning markaziy nuqtasidir. Oila "Arsenal"ning deyarli 100% akciyalariga egalik qiladi: sotib olish jarayoni 2007 yilda boshlangan, o'shanda Sten Kronke 9,9% akciyalarni xarid qilgan. 2018 yilda esa butunlay klub egasiga aylangan.

"Forbes" hozirda "Arsenal"ni 2,8 milliard dollar(taxminan 2 milliard funt)ga baholamoqda - ayni paytda sakkizinchi eng qimmat futbol brendi. "The Athletic" insayderi Devid Ornshteynning takidlashicha, Kronkega bu pul etarli bo'lmaydi: u faqat astronomik miqdorga rozi bo'ladi.

Demak, Daniel Ek yakka o'zi "Arsenal"ni qo'lga kiritishi qiyin bo'ladi – 3,4 milliard funt sterling Spotify akciyalarining qiymatidan kelib chiqqan holda keltirilgan. Yani, shved futbol klubini sotib olish uchun ularning katta qismini sotishi lozim.

SHunday qilib, Daniel "Arsenal"ni sotib olishni xohlagan sarmoyadorlarni topib, maxsus ishlab chiqilgan "scenariy" orqali ish tutishi kerak. 

Ek investorlar bilan ishlash tajribasiga ega. Spotify 2006 yildan 2018 yilgacha foyda keltirmagan va faqat investorlarning pullari bois faoliyat ko'rsatgan – keyinchalik platforma ijobiy natija ko'rsata boshlagan va investorlar o'zlarining hissalarini 300 va undan ortiq marta ko'paytirishgan.

Aytgancha, afsonalar ham investorlarni qidirishda yordam berishi mumkin. Aynan Anri Saputo oilasiga tegishli bo'lgan "Monreal Impakt" jamoasini boshqargan. Saputo – Kanadadagi eng boy insonlardan biri. U "Bolonya" jamoasi egasi ham sanaladi.

Ingliz nashrlarining yozishicha, Ek kelasi haftada Kronkelar oilasiga taklif bilan chiqadi. 

Xullas, voqealar rivojini kuzatamiz.

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика