"Arsenal" yozda Edegor bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
28 iyul 2021, 18:01
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor yozda "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

22 yoshli norvegiyalik futbolchi Madridda unga o'yin amaliyoti berilmasligidan cho'chimoqda, sababi yangi murabbiy Karlo Anchelotti Iskoni afzal ko'rmoqda.

Edegor zaxira o'rindig'ida o'tirishni xohlamayapti, u faqat asosiy tarkibda to'p tepmoqchi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Emireyts"da o'tkazgan edi. Edegor "Arsenal" tarkibida APLda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena Ser