"Arsenal" yangi chim yordamida jarohatlar sonini kamaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2016, 14:23
"Arsenal" mashg'ulot bazasidagi chimni to'liq almashtirishga qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunga AirFibr texnologiyasining darvozabon hududida sinovdan o'tkazilishi sabab bo'lgan.

Kuzatuv ishlarini olib borgan Natural Grass kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, AirFibr texnologiyasining chimlari futbolchilar jarohatini sezilarli darajada kamaytiradi - taxminan 20-40%ga.

AirFibr qoplamasi suiy qum, sintetik mikrotolaga ekilgan barcha mavsumga chidamli tabiiy chimdan tashkil topgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun