"Arsenal" yana bir futbolchini sotib olayotgani tasdiqlandi
20 iyu 2018 12:15
Yangiliklar
"Arsenal" yana bir futbolchini sotib olayotgani tasdiqlandi
"Sampdoriya" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Arsenal"ga o'tmoqda.
Bu haqda Italiya klubi prezidenti Massimo Ferrero "Calciomercato" nashri xabar bergan.
"Torreyra 30 mln evro evaziga "Arsenal"ga o'tmoqda. "Peskara"dan sotib olayotganimda unga hech kim ishonmagandi. Uni 3 mln evroga xarid qilgandik. Uning transferi orqali byudjetimizni yaxshilab olamiz", - dedi Ferrero.
Torreyra Urugvay termasi safida 2ta uchrashuvda maydonga tushgan. Qayd etish kerak, u O'zbekiston termasiga qarshi o'yinda ham o'ynagan.
Fikrlar