"Arsenal" Xitoy chempionatidan xarid amalga oshirmoqchi
22 jan 2020 01:32
Yangiliklar


"Arsenal" Xitoy chempionatidan xarid amalga oshirmoqchi
Londonliklar belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, "Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Fereyra-Karrasko faoliyatini "to'pchilar" safida davom ettirishi mumkin. London klubi 2 yildan beri futbolchi va uning atrofidagi vaziyatni kuzatib kelmoqda, ammo hali biror marta rasmiy taklif bildirgani yo'q. SHuningdek, Karraskoga "Napoli" ham davogarlik qilmoqda.
Malumot uchun, Belgiya terma jamoasi azosi Xitoy chempionatining o'tgan mavsumida (25 o'yin) 17ta gol urib, 7ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar