Arsenal va PSJ meksikalik Dammni sotib olmoqchi
27 dek 2015 12:30
Yangiliklar


Arsenal va PSJ meksikalik Dammni sotib olmoqchi
Meksikaning Tigres klubi yarim himoyachisi Yurgen Damm Evropaning top-klublari qiziqishiga sabab bo'ldi.
Mediotiempo nashri xabariga ko'ra, Germaniya pasportiga ega 23 yoshli meksikalik futbolchiga Arsenal, PSJ va Sporting klublari qiziqib qolishdi.
Tigres Dammni 15 million dollarga sotishga tayyor. Ushbu klub bir yil oldin Pachukaga futbolchini 10 millionga sotishga rozi bo'lmagandi.
Damm Meksika chempionatining 21ta o'yinida bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar