"Arsenal" va "Chelsi" APL joriy mavsumidagi eng yaxshi hujumchilardan biri bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda
23 mar 12:33
Yangiliklar


"Arsenal" va "Chelsi" APL joriy mavsumidagi eng yaxshi hujumchilardan biri bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda
"Arsenal" va "Chelsi" yozda "Vulverxempton"dan Mateus Kunyani o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'layotgan Premer-liga jamoalari qatoridan joy oldi.
Forvard joriy mavsum Premer-ligada 13 ta gol urdi.
25 yoshli futbolchi "Vulverxempton" bilan yangi shartnoma imzoladi. Uning yangi shartnomasida 62 million funt evaziga sotib olish bandi borligi aytilmoqda. "Nottingem Forest" Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, ushbu summani to'lashga tayyor.
"Arsenal" yanvar oyida yangi hujumchini o'z safiga qo'shib ololmadi va yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan qidiruvni davom ettirishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar