"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi "Qayrat"ga o'tishi mumkin
09 mar 2018 16:02
Yangiliklar
"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi "Qayrat"ga o'tishi mumkin
"Arsenal", "Barselona", Belorus termasining sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb "Qayrat" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish uchun Qozog'istonga tashrif buyurdi.
"Sport Inform" nashri xabariga ko'ra, muzokarada Qozog'iston klubi prezidenti Qayrat Bo'ronboev ham qatnashgan. Manba tomonidan muzokaralar ijobiy yakunlangani aytilmoqda. Biroq hali rasman shartnoma imzolanmagan.
Futbolchi ayni damda yaxshi jismoniy holatda emas, shu boisdan shartnomaga bir oydan keyin imzo chekilishi mumkin.
SHartnoma tuzilgan taqdirda, uning muddati 6 oydan oshmaydi. Uning so'nggi jamoasi "Krilya Sovetov" bo'lgandi.
Malumot uchun, "Arsenal" tarkibida Andrey Arshavin ham to'p tepmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar