“Arsenal” Tvitteri “Liverpul”ning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

1 mar 2020, 09:00
APL 28-turida “Liverpul” safarda “Uotford”ga (0:3) imkoniyatni boy berdi va 44 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi.

USHbu natijadan keyin “Arsenal” APL tarixida bir mavsum davomida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoaligicha qoldi va to'pchilarning 49 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi yangilanmadi.

Bunga “Arsenal” klubining Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi quydagicha munosabat bildirdi: “Uf... Ajoyib mag'lubiyatsiz seriya bilan tabriklaymiz, “Liverpul”.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Аренал" клуби расмий Твиттери