"Arsenal" sardorining tiklanish muddati e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023, 18:51
Futbolchi jarohat olgan.

"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor sondagi muammolar tufayli jamoaning so'nggi 3 ta o'yinini o'tkazib yubordi.

Bundan tashqari, mashg'ulotlardan birida to'p uning boshiga tegib ketgani uchun futbolchining miyasi chayqalgan. Bu tiklanish jarayonini qiyinlashtirdi.

"Kanonirlar" sardori noyabr oyidagi o'yinlarda Norvegiya terma jamoasiga qo'shilmaydi. U xalqaro tanaffusdan keyin safga qaytishi kutilmoqda.

"Kanonirlar" tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini 25 noyabr kuni mehmonda "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail