"Arsenal" Pepe bilan muzokara o'tkazdi
07 may 2019 21:10
Yangiliklar


"Arsenal" Pepe bilan muzokara o'tkazdi
Londonning "Arsenal" klubi Kot-D'ivuar terma jamoasi azosi Nikolya Pepega qiziqmoqda.
Bu haqda France Football nashri malumot bermoqda. Manbaga ko'ra, ingliz klubi vakillari "Lill" jamoasi rahbariyati bilan Pepe borasida gapirishmoqda.
Avvalroq, 23 yoshli yarim himoyachiga "Bavariya", "Barselona", "Inter" va PSJ jamoalaridan qiziqish bo'layotgandi. "Lill" rahbariyati Pepeni 80 million evroga baholamoqda.
Nikolya joriy mavsum Liga 1da 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar