"Arsenal" Partining transferi borasida "Atletiko"ga taklif yubordi
15 apr 2020 18:30
Yangiliklar
"Arsenal" Partining transferi borasida "Atletiko"ga taklif yubordi
"Arsenal" yozgi transferlar oynasida "Atletiko"ning tayanch yarim himoyachisi Tomas Partini xarid qilmoqchi.
Xabar qilinishicha, transferga shaxsan "to'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda.
London klubi La Liganing eng kuchli yarim himoyachilaridan biriga 50 million evro sarflashga tayyor. Aynan shu miqdordagi tovon puli ganalik futbolchining shartnomasida yozilgan.
Ammo, madridliklar futbolchini sotishni xohlashmayapti va u bilan muzokaralar olib borishmoqda. Partining "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
26 yoshli Parti "Atletiko" tizimida 2012 yilning yozidan beri to'p tepadi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etgan.
Fikrlar