"Arsenal" o'yinchisining agenti Barselonada va uning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
23 dek 2020 18:23
Yangiliklar


"Arsenal" o'yinchisining agenti Barselonada va uning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
"Arsenal" himoyachisi SHkodran Mustafi qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
"Hozirda Barselonadaman, oldin yozishganidek Yusuf Demir uchun emas, bu "Arsenal" o'yinchisi Mustafi sabab, men uning vakiliman", - deydi Oztyurk.
Qayd etish kerakki, 28 yoshli germaniyalik futbolchi "Arsenal"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.
Mustafi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushdi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar