"Arsenal" Obameyyang yoki Lyakazettni "Inter" futbolchisiga almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 10:15
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaga "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini taklif qilishga qiziqib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispanliyalik mutaxassisga argentinalikning o'yini juda yoqadi. Shu sababli u o'zining asosiy hujumchilaridan birini - Per-Emerik Obameyyang yoki Aleksandr Lyakazettni Ikardiga almashtirmoqchi.

Ikardi A Seriyaning 20ta uchrashuvida 9ta gol urib, 2ta golli pas berdi. So'nggi marta u 9 fevral kuni maydonga tushgan edi.

Obameyyang APLning 30ta uchrashuvida raqib darvozasini 17 mart ishg'ol qilib, 6ta golga pas bergan.

Lyakazett ham 30ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato