"Arsenal" Obameyangga tovon puli to'ladi
02 fev 2022 19:20
Yangiliklar
"Arsenal" Obameyangga tovon puli to'ladi
"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyangga shartnomani bekor qilgani uchun qancha tovon puli to'lagani malum bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, London klubi hujumchiga 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini bekor qilish uchun salkam 7 million funt (8,4 million evro) to'lagan. Ushbu kelishuvga ko'ra, Obameyang haftasiga 350 ming funt (deyarli 420 ming evro) olishi kerak edi.
Qayd etilishicha, "Barsa" transfer oynasining so'nggi kunida Obameyangni tekinga qo'lga kiritdi.
Kataloniya klubiga o'tish uchun gabonlik forvard maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'ldi. Xabar qilinishicha, Obameyang haftasiga 5 ming evro maosh oladi, biroq uning maoshi kelasi mavsumdan ortib boradi.
O’xshash yangiliklar
06:05
"El klasiko". "Real Madrid" – "Barselona" 2:5, "Barselona" o'tgan yilgi final uchun revansh oldi 24
Fikrlar