“Arsenal” maskoti qoladi! O'zil "Gunnerzavr"ning maoshini o'z zimmasiga oldi
06 okt 2020 20:50
Yangiliklar


“Arsenal” maskoti qoladi! O'zil "Gunnerzavr"ning maoshini o'z zimmasiga oldi
Dushanba kuni dunyodagi ko'plab futbol ishqibozlari 27 yildan buyon “Arsenal” maskoti sifatida faoliyat olib borgan Jerri Kuayning ishdan bo'shatilishini norozilik kayfiyatida kutib olishdi.
Klub, koronavirus pandemiyasi vaqtida xarajatlarni kamaytirish uchun 35 ming funt sterling maosh oluvchi “Gunnerzavr”ni bo'shatib yuborgandi.
Biroq, endi maskot “to'pchilar” o'yinlarida ishlashda davom etadi. Yarim himoyachi Mesut O'zil klubdan ketguniga qadar Jerrining maoshini o'z hisobidan to'lashini malum qildi.
“Klubimiz ajralmas bo'lagi bo'lgan taniqli va sodiq maskotimiz “Gunnerzavr” sifatida tanilgan Jerri Kuayning klubdagi 27 yillik faoliyatidan keyin bo'shatilganidan juda xafa bo'ldim.
SHu bois, “Arsenal”dan ketgunimga qadar ulkan yashil yigitimizning maoshini o'zim qoplashga tayyorman. SHu tariqa, Jerri o'z sevimli ishi bilan shug'ullanishda davom etadi”, deya yozgan germaniyalik xavbek o'z sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar