"Arsenal" Martinesga yangi shartnoma taklif qiladi
04 avg 2020 23:28
Yangiliklar
"Arsenal" Martinesga yangi shartnoma taklif qiladi
The Sun nashrining xabar berishicha, "Arsenal" Emiliano Martines bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga harakat qiladi.
27 yoshli darvozabonning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi. Manbaga ko'ra, yaqin vaqtlarda London klubi futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qiladi.
Oldinroq, Angliya Premer-ligasiga chiqqan "Lids" tomonidan Martinesga qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar