So’nggi yangiliklar

19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  28 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  18 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Mourino ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Mourino ishtirokidagi matbuot-anjumani

Bugun "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin mankunianlar ustozi Joze Mourino ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Jamoadagi yangiliklar

- Matich? U o'ynaydimi, yo'qmi, bilmayman. U jamoa bilan birga Londonga yo'l oladi va bahsga tayyor bo'ladi deb umid qilaman, ammo kafolat bera olmayman. Fil Jons jarohatini davolab bo'lgani yo'q, Erik Bayi ham shunday.

CSKAga qarshi bahsdan oldin rotaciya

- Xatto CHempionlar ligasining navbatdagi bahsda g'alaba kerak bo'lganida ham "Arsenal"ga qarshi kuchli tarkibni maydonga tushirgan bo'lardim. Barcha boshqa uchrashuvlar haqida unutib, biz uchun hozir muhim bo'lgani borasida o'ylashim kerak. U qiyin bo'ladi, shu sababli bor etiborimizni ushbu bahsga qaratishimiz shart.

"Yunayted" - "Arsenal" to'qnashuvlarini eslab

- Yirik uchrashuvlarni eslayman, ammo aniq birortasini aytib bera olmayman. Angliyaga kelishimdan oldin 2004 yilda "Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuvda sovrin masalasi hal bo'lganini eslayman.

Tavakkal nima?

- "Arsenal"ga qarshi bahsda tavakkal? Bu, siz "tavakkal" so'zini qanday tushunishingizga bog'liq. Qachonlardir futbolchilarni "himoyachi" va "hujumchi"larga ajratgan inson xato qilgan, chunki zamonaviy futbolda butun jamoa himoyalanishi va hujum qilishi kerak. SHunday ekan, siz xohlagancha fikr bildirib, istaganingizcha tahlil qilishingiz mumkin.

"Yunayted" "Arsenal"ga qarshi pragmatik o'yin ko'rsatadimi?

- To'p bizda bo'lsa, jamoamizning barcha futbolchisi hujum qiladi. Xatto darvozabon ham to'p bizda bo'lganida qanday harakat qilishni bilishi kerak. To'p "Arsenal"da bo'lsa, 11 kishi bo'lib himoyalanamiz.

Sovrin uchun kurashdan kelib chiqsak, bugungi o'yinda g'alaba muhimmi?

- Men har doim navbatdagi uchrashuv haqida o'ylayman va menimcha, bu to'g'ri yondoshuv. Kecha qiziqarli film ko'rdim - "Borg/Makinroy". Borgning murabbiyi doimo unga shuni qaytarardi. "Bir ochko faqat bir marta bo'ladi, faqat keyingi ochko haqida o'yla". Men doimo o'z futbolchilarimga keyingi bahs haqida o'ylashni aytaman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика