"Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi haqida yana 2 fakt
02 mar 2018 13:05
Yangiliklar


"Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi haqida yana 2 fakt
Kecha tunda "Arsenal" APL doirasida o'z maydonida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi, 0:3.
"Kanonirlar" 2018 yilda ettinchi marta mag'lub bo'lishdi. Bu esa APLda qatnashayotgan jamoalar orasidagi eng yomon natijadir. "Arsenal" yanvar, fevral va mart oylarida Premer-ligada 4 marta, shuningdek, Angliya kubogi, Evropa ligasi hamda Angliya liga kubogida mag'lubiyatga uchradi.SHuningdek, "Arsenal" so'nggi 21 yilda ilk marta asosiy tarkib futbolchilari o'zgartirilmagan o'yinda yutqazib qo'ydi. So'nggi bora Arsen Venger shogirdlari 1996 yilda "Manchester Yunayted"ga (1:0) shu tarzda mag'lub bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar