"Arsenal" Lyakazettning o'rniga Abraxamni olmoqchi
25 iyu 2021 11:25
Yangiliklar
"Arsenal" Lyakazettning o'rniga Abraxamni olmoqchi
"Arsenal" rahbariyati hujumchi Aleksandr Lyakazettni sotish niyatida bo'lib turibdi.
"The Sun" xabariga ko'ra, "kanonirlar" uning o'rnini Temmi Abraxam bilan to'ldirishni reja qilib qo'ygan. Lyakazett 2017 yildan buyon "Arsenal" tarkibida o'ynamoqda. Uning klubi bilan kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi.
O'tgan mavsumda Abraxam "CHelsi" tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 12 gol va 6 assist qayd etdi.
Fikrlar