So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  29

"Arsenal" yirik hisobda "Liverpul"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Arsenal" yirik hisobda "Liverpul"ni mag'lub etdi

"Arsenal" 31-tur doirasida "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.

"Arsenal" - "Liverpul" 4:1

Gol: Bellerin 37, Ozil 40, Sanches 45, Xenderson 76 (pen), Jiru 90.

"Emireyts" stadioni

"Arsenal": Ospina, Bellerin, Mertesaker, Koselni (Gabriel 49), Monreal, Koklen, Kasorla, Remzi (Flamini 62), Ozil (Uelbek 73), Aleksis Sanches, Jiru.

"Liverpul": Minole, Jan, Kolo Ture, Sako, Allen, Lukas Leyva, Moreno, Xenderson, Koutino, Markovich (Starrij 46), Sterling.

CHetlatish: Emre Jan 84.


CA bilan birga bo'ling, omon bo'linglar!

Uchrashuv yakunlandi. Barcha "Arsenal" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. "Liverpul" ishqibozlariga esa jamoa keyingi o'yinlarida g'alaba qozonishiga tilakdoshligimizni bildirib qolamiz. 

90+. GOOOOLLLLLL!!! JIRUUUUUUU! Franciyalik hujumchi ham Messi kabi bir futbolchini aldab o'tdi va chap oyog'i bilan uzoq burchakka kuchli zarba berdi. Jiru to'purarlar bahsida Sanchesdan qolib ketmoqchi emas.

90. Qanotdan etkazib berilgan to'pni Kasorla darvozaga yo'lladi, ustun tufayli gol bo'lmaydi.

84. Emre Jan Uelbekni ortidan chaldi. Uning ikkinchi sariq kartochkasi qizilga aylandi.

Jek Uilsher o'yinni muxlislar orasida tomosha qilyapti



79. Esingizdami, "Arsenal" birinchi bo'limni 4:0 hisobida yakunlab, ikkinchi bo'limda "Nyukasl"dan 4ta gol o'tkazib yuborgan edi. Bu hikoya bugun ham qaytarilishi mumkin.

76. XENDERSONNING ZARBASI YO'NALISHINI OSPINA TOPDI... AMMO ZARBA KUCHLI BO'LGANI TUFAYLI TO'P DARVOZA TO'RIDAN JOY OLDI,

76. 11 metrlik jarima to'pi qarshisida Xenderson.

75. PENALTI!!!! BELLERIN JARIMA MAYDONCHASI ICHIDA STERLINGNI YIQITDI!

73. O'zgarish. Ozil o'rniga Uelbek.

Bugun "Emireyts"ga uchrashuvni tomosha qilish uchun Anri ham kelgan. 


67. Sterling jarima maydonchasiga kirib borayotganda raqib uni yiqitdi, ammo hakam xushtak chalgani yo'q.

65. Mehmonlar to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, hujum tashkil qilishga urinishyapti. "Arsenal" esa o'z qarshi hujumini kutmoqda.

63. KOUTINO! Uning kutilmagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

62. O'zgarish. Remzi o'rniga Flamini.

59. "Liverpul" gol urishga yaqin kelyapti, ammo so'ngi pallada noaniq zarba yoki Ospinaning bunga halaqit qilmoqda.

57. JAAANNN!!! Uning o'ng oyog'i bilan bergan zarbasidan so'ng gol bo'lishi mumkin edi, ammo Ospina bunga yo'l qo'ymadi.

55. JIRUUUU!! U chap qanotdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi... Minole to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

53. Starrijning o'yinga qo'shilishi natijasida "qizillar" hujumi ancha faollashdi.

52. Sterling chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi. NOANIQ!

50. Standart burchak to'pi bilan yakunlandi, ammo burchak to'pidan ham foyda chiqmadi.

O'zgarish. Koselni o'rniga Gabriel.

49. Emre Jan qoida buzdi va hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Yana bir xavfli standart.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zgarish. Markovich o'rniga Starrij.

Jamoalar maydonga qaytishmoqda, "Liverpul" bugun "Emireyts"dan ochko olib ketishi uchun Brendan Rojers o'z shogirdlariga sehrli tayoqcha berishi kerak bo'ladi.

"Arsenal" birinchi bo'limning o'zida uch marta "o'q uzdi"


Ozilning jarima zarbasidan urgan goli!


Bellerinning goli!


Birinchi bo'lim tugadi

45. GOOOOLLLLLLL!!!!! SANCHEESSSSSS!!!! Aleksis jamoadoshidan qabul qilib olgan to'p bilan bir urinishda Kolo Tureni aldab o'tdi. Uning o'ng oyog'i bilan bergan zarbasi darvoza to'sinining bir necha santimetr tagidan o'tdi. QOYIL "ARSENAL"!

Mana o'sha birga-bir vaziyat va Sterlingning omadsizligi



42. Goldan so'ng "qizillar" himoyasi dovdirab qolyapti.

40. GOOOOOLLLLLLL!!!!!!!! OZILLLLLL!!!! SUPER ZARBA!!! Uning uncha kuchli bo'lmagan ammo aniq zarbasi golga aylandi. OZIL jarima maydonining o'ng tarafida bo'lgan jarima zarbasini uzoq burchakka yo'lladi, aylanma zarbani Minole qaytara olmadi.

39. Saxo o'z jarima maydonchasi yonida Ozilga nisbatan qoida buzdi. Xavfli standart.

37. GOOOOLLLL!!!!! BELLERINNNN!!! U Messi kabi bir futbolchini aldab o'tdi va to'pni chap oyog'iga to'g'irlab, aylanma zarba berdi! 

35. "Arsenal" yana o'yg'ongandek. Sanches bir o'zi raqib jarima maydonchasiga kirishga urinib ko'rdi, ammo himoyachilar bunga yo'l qo'ymadi.

32. O'yinning yarim soati o'tdi, hisob hozircha ochilgani yo'q.

31. Endi "qizillar" to'pga ko'proq egalik qilmoqda.

Sterling bo'sh darvozaga gol ura olmagan vaziyat


26. "Liverpul" o'yin tempini "o'ldira" oldi.

24. Sterling "Arsenal" himoyachisini ortda qoldirib, jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. NOANIQ!

Sterling bir necha marta Mertesakerdan qochib ketdi


22. Koutino o'zining sevimli nuqtasidan zarba berdi, lekin to'p darvoza tomon bormadi.

19. Markovich birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. U o'zi zarba bermay to'pni Sterlingga oshirdi, ammo Rahim to'pga biroz eta olmadi! 

18. "Liverpul"ning kamdan-kam hujumlari juda xavfli ko'rinish olyapti. Ammo so'nggi pallada zarba beradigan futbolchi etishmayapti.

14. "Arsenal" hozircha hujum qilishdan charchamayapti, "qizillar" esa bugun ancha sust, ammo bu Rojersning ayyor taktikasi bo'lishi ham mumkin.

Kolo Ture xato qilgan vaziyatda Minolening seyvi


10. "Liverpul" birinchi marta hujumga o'tdi. Mehmonlarning qarshi hujumi burchak to'pi bilan yakunlandi. Standart unumli yakunlangani yo'q.

9. "Arsenal" va "Liverpul" muxlislari chipta narxi qimmatligiga etiroz bildiryapti.


7. To'p nazorati to'liqligicha "Arsenal" qo'lida. Mehmonlar hozircha birorta hujum uyushtirgani yo'q.

5. Kolo TUREEE XIMOYADA XATOGA YO'L QO'YDI! REMSI MINOLE BILAN BIRGA-BIR VAZIYATDA GOL URA OLMADI!!! Qoyil Minole!!!

ZAAARBAAA!!! Kasorlaning ilk zarbasini Minole ushlab oldi

3. Laksis Sanches muxlislarni kayfiyatini ko'tarish niyatida, to'pga bir necha marta tegib, uni havoda ushlab turdi

2. "Arsenal" ilk daqiqalardan raqib tomonga joylashib olishga harakat qilmoqda.

Aleksis Sanchesning birinchi zarbasi noaqniq yo'nalish oldi.

1. O'yin boshlandi.


Rojers: Rahim Sterling kuchli futbolchi, ammo hech qachon "Liverpul"dan ketishi haqida gapirmagan.


O'yindan oldingi mashg'ulotlarda Starrijning kayfiyati yuqori darajada ekanligi bilinib turdi


Rahim Sterling kiyinish xonasiga ketyapti


Eslatib o'tamiz, Venger va Jiru Angliyada mart oyining eng yaxshilariga aylangan.



- O'yindan oldingi fikr. 

Venger: Bugun katta o'yin bo'ladi. Asosiysi himoya va hujum o'rtasidagi muvozanatni topishimiz kerak.


- Assalomu alaykum ingliz futboli muxlislari. Bugun siz bilan "Arsenal" va "Liverpul" uchrashuvini kuzatib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика