"Arsenal" David Rayyaga qiziqmoqda. "Brentford" darvozabon uchun 40 mln funt talab qilmoqda
30 iyu 2023 19:40
Yangiliklar
"Arsenal" David Rayyaga qiziqmoqda. "Brentford" darvozabon uchun 40 mln funt talab qilmoqda
Ushbu transfer darvozabon poziciyasi uchun raqobatni kuchaytirish maqsadida qilinishi mumkin.
"Arsenal" klubi "Brentford" darvozaboni David Rayyaga qiziqib qoldi. Hozirda klub darvozabonni sotib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
"Arsenal" Rayyani hozirda asosiy darvozabon bo'lgan Aaron Remsdeylga raqobat qilishi uchun olib kelmoqchi.
"Brentford" London klubidan hali rasmiy taklif olganicha yo'q. Klub darvozabon uchun 40 mln funt talab qilishni rejalashtirmoqda. Rayyaning xizmatlariga "Bavariya" ham qiziqish bildirayotganini takidlab o'tish joiz.
Malumot uchun, David Rayyaning "Brentford" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar