Arsen Venger: “Vaqt o'tib Ozil yanada yaxshiroq o'ynashni boshlaydi”
21 jan 2014 11:24
Yangiliklar


Arsen Venger: “Vaqt o'tib Ozil yanada yaxshiroq o'ynashni boshlaydi”
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger, Mesut Ozil bazan muxlislarning ishonchini oqlashi qiyin bo'layotgani xususida to'xtalib o'tdi.
- Muxlsilar Ozildan ko'p narsa kutishadi, bu ayniqsa jamoa qiyinchiliklarga duch kelgan vaziyatlarda sodir bo'ladi. Undan ko'p gol kutish kerak emas, chunki Ozil asosan to'p uzatishlarni bajaradi. Ammo gollar ham urishga qodir. Ishontirib aytaman vaqt o'tib Ozil yanada yaxshiroq o'ynashni boshlaydi”, - Vengerning so'zlarini keltiradi “Arsenal” klubi rasmiy sayti.

Fikrlar