Arsen Venger: "Ikkinchi taymda ustunlik biz tomonda bo'ldi"
18 may 2015 09:07
Yangiliklar


Arsen Venger: "Ikkinchi taymda ustunlik biz tomonda bo'ldi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Raqib o'yinni bizga nisbatan yaxshiroq boshladi. O'yinga kirishishimiz qiyin kechdi. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatni to'liq o'z qo'limizga oldik. Lekin ikkinchi golni urishda muammolarga duch keldik. Buning uchun etarligicha vaziyatlar bo'lgandi. Uolkott va Uilsher o'zlarining avvalgi sport formalariga kirib borishmoqda. Bizda katta jamoa mavjud. Tarkibda esa raqobat o'z-o'zidan kuchli. O'tgan yilgi mavsumga qaraganda joriy mavsumda katta o'yinlarda biz munosib ishtirok etdik. Biz buni uddaladik. Mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmagandik. Lekin yilning ikkinchi yarmida hammasi iziga tushib ketdi. Endi 2 yoki 3 - o'rinni olishimiz kerak. Bu narsa keyingi mavsumni yaxshi boshlashimizga xizmat qiladi. Angliya Kubogi finali? Biz bu o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz. O'tgan yilgi xatolarni takrorlamaslik zarur. Finalda imkoniyatlar ko'pincha teng bo'ladi.

Fikrlar