Arsen Venger: "Guruhda ikkinchi bo'lganimizdan xafamiz"
12 dek 2013 12:10
Yangiliklar


Arsen Venger: "Guruhda ikkinchi bo'lganimizdan xafamiz"
"Arsenal" ustozi Arsen Venger ECHL 6-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
– Guruhda birinchi bo'la olmaganimizdan hayratdaman, – deydi Venger Sky Sports ga. – Albatta, ikkinchi o'rinni olganimiz tufayli kuchli raqib bilan o'ynaymiz. So'nggi 4-5 yilda "Arsenal" uchun qura u qadar omadli kelmadi. Bu safar omadimiz kelishiga umid qilaman.

Fikrlar