Arne Slot "Tottenxem"ni boshqarishga qarshi emas
22 may 2023 15:33
Yangiliklar


Arne Slot "Tottenxem"ni boshqarishga qarshi emas
"Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slot "Tottenxem" boshqaruvini qo'lga olishga rozi bo'ldi.
"De Telegraaf"ning xabariga ko'ra, murabbiy ingliz klubiga o'tishga rozi va muzokaralar davom ettirilmoqda. Gollandiyalikning shartnomasidagi tovon puli 6 mln funt ekanligi aytilmoqda. "Feyenoord" may oyida muddatidan avval Niderlandiya chempioniga aylandi va jamoa Slot bilan xayrlashgisi kelmayapti. Arnening o'zi esa yaqinda shunday dedi:
"Mening ketishim, klub uchun foydali bo'lishi mumkin, ammo men orzu qilgan klubdan taklif bo'lmasa, "Feyenoord"da qolishim mumkin. Futbolda bir nechta jamoa bilan parallel ravishda muzokara olib borish odatiy holga aylangan, lekin ozir menda unday vaziyat emas. Biroq shuni ham takidlashim kerakki, menga boshqa jamoa bilan muzokaralar o'tkazishni taqiqlashmagan.
O’xshash yangiliklar
12:03
Slot – Gvardiolani APLning bir mavsumida ikki marta mag'lub etgan "Liverpul"ning birinchi murabbiyi! 9

Fikrlar