Argentinalik jahon chempionining xotini futbolchining medal va libosini sotib yubordi
29 fev 2024 21:23
Yangiliklar
Argentinalik jahon chempionining xotini futbolchining medal va libosini sotib yubordi
Ayol bu orqali xonadon ijarasi pulini to'lamoqchi.
Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati g'olib chiqqan Esekiel Palasiosning ajrashish arafasida turgan rafiqasi Yesika Frias futbolchining mundialda kiygan futbolkasi, hatto medalini ham sotuvga qo'ygan.
Palasios endilikda xotinini moddiy mablag' bilan taminlamaydi. SHu bois, Frias xonadon ijarasi pulini to'lash uchun qimmatbaho esdalik buyumlarini sotuvga qo'ygan va ularga xaridor ham topildi. Palasiosga tegishli libosni sotib olgan kishining surati ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.
Palasios va Frias 2018 yil tanishgan, 2021 yil turmush qurishgan, 2024 yil esa ajralish arafasida turibdi.
Fikrlar