Argentina darvozaboni Sarmiento: "Igitaga qarshi o'ynash – butunlay boshqa futzal"
30 sen 2024 13:20
Yangiliklar
Argentina darvozaboni Sarmiento: "Igitaga qarshi o'ynash – butunlay boshqa futzal"
Argentinalik darvozabon Nikolas Sarmiento FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida Leo Igitadan hayratlanishini bildirdi.
U o'z intervyusida qozog'istonlik posbonni dunyoning eng yaxshilaridan biri deb atadi.

"U zo'r. Hech shubha yo'qki, Igita dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri va bu ko'pchilikning fikri.
Iguitaga qarshi o'ynash – bu umuman boshqa futzal. Har safar unga qarshi turish yo'lini topish kerak. SHaxsan men har doim eng yaxshi o'yinchilarga qarshi o'ynashga intilaman, shuning uchun u bilan yana maydonda uchrashish yoqimli bo'ladi. Qozog'iston – juda jiddiy raqib. Bu haqiqiy jang bo'ladi", – dedi argentinalik darvozabon.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2024 chorak finalida Qozog'istonga qarshi bahs olib boradi. Yarim finalga chiqish uchun kechadigan bahs bugun "Humo Arena"da Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar