Areola PSJ bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi
20 dek 2018 20:39
Yangiliklar
Areola PSJ bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi
Futbolchining yangi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
“Men uchun faoliyatimni PSJda davom ettirish muhim edi. Bu klub mening yuragimdan joy olgan. SHu klubda o'sdim, yuqori darajamga chiqdim. PSJ menga oldimga katta vazifalarni qo'yish imkonini beradi. Ajoyib sheriklarim bilan bu vazifalarni uddalashga erishamiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi natijasida biz klub tarixi zarvaraqlariga ajoyib xotiralarni yozamiz. Men jamoamga ishonaman va klubda esda qolarli lahzalarda birga bo'lishni istayman”, deydi Areola.
Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Areola 2010 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida to'p tepib kelmoqda. Bu orada u “Lans”, “Bastiya” va “Vilyarreal” tarkibida ijara asosida to'p tepishga ulgurdi. Areola PSJ bilan ikki bor Franciya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar