Aren Robben: MYUga o'tishim mumkin edi
04 apr 2018 22:40
Yangiliklar


Aren Robben: MYUga o'tishim mumkin edi
“Bavariya” yarim himoyachisi 2004 yil MYUga o'tishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
“Fergyuson bilan juda yaxshi suhbat bo'lgandi. Agar MYU menga shartnoma taklif qilganida darhol rozi bo'lgan bo'lardim. Ammo Angliyadan qaytganimdan so'ng hech narsa sodir bo'lmadi: hech qanday taklif, hech qanday so'rov ham. Keyin esa PSV “CHelsi” bilan muzokara o'tkazdi, so'ng men ham “ko'klar” rahbariyati bilan suhbatlashdim va ularning loyihasi menga yoqdi. Men MYU bilan shartnoma imzolashim mumkin edi, ammo “CHelsi”ga keldim. Afsuslanmayman”, — deydi Robben.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar