Arda Gyulerga Ispaniyaning o'zidan xaridor chiqdi
04 apr 2024 19:22
Yangiliklar
Arda Gyulerga Ispaniyaning o'zidan xaridor chiqdi
"Real"ning turkiyalik legioneri Arda Gyuler yangi mavsum ham La Ligada qolishi mumkin.
Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa klubga ijaraga berib yuborilishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Klub Ardaning kelajagi borligiga ishonadi, ammo u tezroq rivojlanishi uchun ko'proq o'ynashi kerakligini ham tushunib turibdi. SHu sababli, "Real" Gyulerni ijaraga berishi yoki qaytib sotib olish huquqi bilan sotib yuborishi ehtimoli yuqori.
Kutilmaganda, futbolchiga La Liganing o'zidan xaridor topildi. "Real Sosedad" yangi mavsum Ardani ijaraga olmoqchi. Futbolchi joriy mavsum "Real" safida etti bor maydonga tushib, bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar