So’nggi yangiliklar

11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  1 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  1 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  4 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  16 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  8 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  15

"Aral" Pro liganing 1 ta uchrashuvini test tariqasida yangi stadionda o'tkazadi Yangiliklar

"Aral" Pro liganing 1 ta uchrashuvini test tariqasida yangi stadionda o'tkazadi

Teglar :  Pro ligaAral
"Aral" jamoasiga oid yangilik.

Qoraqalpog'istonning barcha: "Aral", "Jayxun", "Aral akademiya", "Aral U-19", "Aral" ayollar jamoalari o'zining uy uchrashuvlarini Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga qarashi maydonda o'tkazib kelayotgandi. Endilikda Nukusda yana bir futbol maydoni ishga tushish arafasida turibdi. 

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi homiylar tomonidan tamirdan chiqarildi. Liga Qoraqalpog'iston futbol associaciyasi bilan kelishgan holda Proliganing 18-turidan o'rin olgan Aral — Buxoro uchrashuvini mazkur futbol maydonida tashkil etish ustida ishlamoqda. Talab etilgan barcha hujjatlar Ligaga taqdim etilsa, 18-sentyabr kuni Aral o'z raqibini Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida test tariqasida qabul qiladi. Bu erda 1100 nafar ishqiboz uchrashuvni bevosita tomosha qilishi uchun sharoit mavjud.   

Qoraqalpog'iston futbol associaciyasi markaz futbol maydonida keyinchalik amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan Ligaga kafolat xati kiritgan bo'lib, ular kelgusi uy uchrashuviga qadar bartaraf etilishi ko'zda tutilgan. Rejaga ko'ra, 16 oktyabr kuni Nukusga "Mashal" klubi tashrif buyurishi lozim.

Ayni vaqtda Nukus shahrida Turon stadionini qayta jonlantirish ustida ish ketmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil malumot beriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика