Aqlbovar qilmas, ajoyib, fantastik "Roma" va sharmandali hakamlik
03 may 2018 19:30
Yangiliklar
Aqlbovar qilmas, ajoyib, fantastik "Roma" va sharmandali hakamlik
Roma navbatdagi kambekka yaqin turgandi. "Bo'rilar" o'z maydonida "Liverpul"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ular ishni qo'shimcha vaqtga o'tkazish uchun bir gol etmadi. Bosh hakam Damir Skomina qattiq, qo'pol hatolar qildi va "Liverpul" darvozasiga penalti qo'ymadi. "Roma" sport direktori aytishiga ko'ra, agarda videotakrorlar tizimi bo'lganida finalda "Roma" va "Bavariya" o'ynashi kerak edi.
Ushbu bahs haqida Apennin muhbirlari shunday fikrda.
SEBASTYANO VERNACCA, LA GAZZETTA DELLO SPORT
"Bu kabi mag'lubiyatlar bo'lmasligi ham mumkin edi. "Enfild"dagi qo'rqinchli tundan keyin "Roma" uyg'ondi. O'sha kuni Saloh, Firmino, Mane jamoani qanday holatda ekanligini ko'rsatdi va "Roma"ning taqdirini belgilab berdi. Ular va boshqa futbolchilar kechagi bahsdan keyin "Real" bilan qanday qilib o'ynay olishlari mumkin. Biroq bu futbol. Oldindan hech nima deb bo'lmaydi.
"Roma" kuchliroq edi, biroq har bir o'tkazib yuborilgan gol ularning miyasiga qattiq tasir qildi. To'p qo'lga tegdi va Arnoldga esa qizil kartochka berish kerak edi. Belgilanmagan 11 metrlik jarima zarbasi katta xato bo'ldi.
Achinarlisi, "Liverpul"ning "oyoqlariga loy teggandi". "Roma"ning ikkinchi bo'limdagi o'yinini esa bemalol qo'llanma qilib chop etsa ham bo'lardi. Murabbiyning taktikasi ish berdi, biroq himoya "Barselona"dagi kabi o'yin namoyish qilib bera olmadi. Jekoning golidan keyin "Roma" osmonga uchayotgandi, ammo Skomina uni erga tushirib qo'ydi".
LUIJI GARLANDO, LA GAZZETTA DELLO SPORT
"Bir necha oylardan keyin shunday holatlar yana takrorlanadigan bo'lsa, odam ajablanmay qo'yadi. "Roma" "Barselona"ni ortda qoldirib ketgan kabi kambekni amalga oshirishiga oz qolgandi. Ayrim jihatlar bunga to'sqinlik qildi. "Jalorossi" o'yinni 3 gol urish vazifasi bilan boshladi, biroq tezkorlik bilan gol o'tkazib yuborishdi. Vazifa o'zgardi, endi 4 gol urish kerak. Ular buni bajarishdi - biroq yana bir gol etmadi.
Barchasi mantiqqa ko'ra bo'ldi. 2:2 hisobidan keyin omadga ishonish juda qiyin edi. SHunday o'yinlar orqali "Roma" yorqin kelajakka umid qilsa bo'ladi. "Roma" "Liverpul"ga 6 gol kiritdi. Yomon emas. Agarda har doim shunday o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, barchasi yaxshi bo'ladi.
Barchasini tahlil qilish, ularning ustida ishlash va rivojlanish kerak: Italiya futboli Kievdan uzoq emasdi".
ALESSANDRO VOKALELLI, CORRIERE DELLO SPORT
"Yana bir adolatsizlik. Ikki belgilanmagan penalti, aqlbovar qilmas "Roma" barchasi qodir edi. Jamoa ligani tark etdi. "Roma" hakamning xatolari evaziga Kievda o'ynamaydi. "Roma" "Enfild"da qoidalarga ko'ra, to'g'ri gollar kiritgandi.
Finalda "Liverpul" va "Real" o'ynaydi. Di Francheski jamoasi turnirni boshni tik ko'targan holda tark etmoqda. Ularga qarsaklar chalamiz. Ideal o'yinni hakam buzib qo'ydi.
"Roma"ni yorqin kelajak kutmoqda".
MARKO BO, TUTTOSPORT
"Iltimos, videoassistentlar tizimini ishga solinglar! O'yin taqdirini hal qilayotgan shuncha xatoliklar etadi. Skomina "Liverpul" darvozasi tomon ikki yaqqol penaltini bermadi. "Roma"ning o'yinini ko'rgan holda jim o'tirishni istamaymiz.
"Liverpul"ga qarshi o'yin - "Barselona" bilan bahsning davomi va kambek yana bo'lishi mumkin edi. Ayrim o'yinlardagi xotiralar esa bizni tark etmayapti. 2:5dan keyin barcha masala hal bo'lganligini aytgandi. "Roma"ning himoyasida muammolar bor. Tanaffusgacha "bo'rilar" ikki gol o'tkazib yuborishdi. Skomina esa faoliyatidagi eng yomon o'yin bahsini o'tkazdi".
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar