So’nggi yangiliklar

01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  4 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  3 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6

Aprel oyi laureatlari aniqlandi. Eng yaxshi futbolchi ham, murabbiy ham “Buxoro”dan Yangiliklar

Aprel oyi laureatlari aniqlandi. Eng yaxshi futbolchi ham, murabbiy ham “Buxoro”dan

PFL hamda Championat.asia hamkorlikda PepsiSuperliganing aprel oydagi eng yaxshilarini aniqlab oldi.

Ovoz berish jarayonida Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari, sardorlari hamda futbol muxlislari ishtirok etdi. Mart oyida Mirjalol Qosimov, Murod Zuxurov hamda Azizbek Turg'unboev raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan bo'lsa, bu safar g'oliblik uchun kurash ancha qiziqarli kechdi.

Eng chiroyli gol muallifi — Elguja Grigalashvili

“Qizilqum”ning legioner futbolchisi mart oyida eng yaxshi futbolchi va eng chiroyli gol sovrini uchun kurash olib borgandi. Birinchi nominaciyasida u 20 ochko bilan uchlikka kirgan bo'lsa, ikkinchisida bor-yo'g'i 6 ochko jamg'arib, 8-o'rin bilan kifoyalangandi. Bu safar Elgujaning AGMK darvozasiga urgan goli eng chiroylisi bo'ldi. Bahodir Nasimovni ovoz beruvchilardan 5 kishi, Artur Gevorkyanni esa 4 kishi 1-o'ringa joylashtirdi. Grigalashvilida bu ko'rsatkich uchtagina bo'lsa-da, uni 11 kishi 2-o'ringa loyiq ko'rdi. Bu esa “Qizilqum” azosining ochkolarini yaxshigina ko'paytirib berdi. Vaholanki, muxlislar o'rtasidagi so'rovnomada ham Nasimov ko'proq ovoz to'plagan, Elguja o'shanda ham ikkinchi bo'lgandi.

 

Eng yaxshi darvozabon — O'tkir Yusupov

“Qo'qon-1912” azosi mart oyida ham davogarlar safida bor bo'lib, kuchli uchlikka kira olmagandi. Aprel oyida esa uning natijalari yaxshilandi. Murabbiylar va sardorlar ovoziga ko'ra, “Paxtakor” darvozaboni Eldor Suyunov 49, O'tkir Yusupov esa 48 ochko jamg'argandi. Bu erda hal qiluvchi rolni futbol muxlislari o'ynadi. Ularning ovozlari sabab Yusupov raqibini 5 ochko ortda qoldirib ketdi. CHunki Championat.asia o'quvchilari Suyunovni kuchli uchlikka ham kirita olmagan.

 
Eng yaxshi murabbiy — Ulug'bek Baqoev

“Buxoro” bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev “Paxtakor”ni “taslim” qila olgan ikki mutaxassisdan biri bo'lib turibdi. Mart oyida Mirjalol Qosimov shunga erishgan va peshqadam bo'lgandi. Aprel oyida Ulug'bek Baqoev boshchilik qilayotgan “Buxoro” ancha faol bo'ldi. Vaholanki, Baqoev mart oyida hatto nomzodlar orasiga ham kiritilmagandi.

Unga “Paxtakor” ustozi SHota Arveladze raqobat tug'dirdi. Yakunda oradagi farq 20 tani tashkil qildi. Arveladze ketma-ket ikki oy davomida nomzodlar qatorida bo'lgan yagona murabbiy bo'lsa-da, har ikki safar ham g'oliblik unga nasib qilmadi.

 
Eng yaxshi futbolchi — Arslonmurod Omonov

Mart oyida nomzod bo'lgan birorta ham futbolchi aprel oyida etiborga tushmadi. Bu oyda kurash Tiago Bezerra, Javlon Ibrohimov va Arslonmurod Omonov o'rtasida kechdi. Murabbiylar va sardorlar ovoziga ko'ra Omonov 45, Ibrohimov 42 va Bezerra 40 ochko to'pladi. Natijada bu erda ham asosiy rolni muxlislar o'ynab berdi. Ular Arslonmurod Omonovni peshqadam sifatida ko'rsatgandi.

 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика