APLning ko'plab klublari qishki tanaffusga rozi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2018, 16:41
Angliya Premer-ligasining ko'plab klublari yangi translyatsiya shartnomasi kuchga kirsa, 2019/20 mavsumdan boshlab chempionatda qishki tanaffus bo'lishiga rozi.

Oldinroq OAVda APL rahbariyati telehuquqlar borasida kelishuvga erishsa, qishki tanaffus bo'lishi mumkin.

Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyada mavjud bo'lgan tanaffus g'oyasi Angliya chempionati rahbariyatidan chiqdi.

Agar hammasi ijobiy yakunlansa, qishda ikki haftalik tanaffus bo'lishi mumkin. Murabbiylarning tinimsiz etirozlaridan so'ng APL rahbarlari bu borada muzokara o'tkazishga qaror qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Тhe Times