APLning joriy mavsumida ilk istefo ro'y berdi
07 sen 2019 22:20
Yangiliklar
APLning joriy mavsumida ilk istefo ro'y berdi
Uotford o'z sayti orqali klub bosh murabbiyi Xavi Grasiyaning istefoga chiqarilgani haqida malum qildi.
49 yoshli mutaxassisning yordamchilari ham u bilan birga jamoani tark etadi. Grasiya 2018 yilning yanvaridan buyon uotfordliklarni boshqarib kelayotgandi.
Uotford joriy mavsum ispaniyalik murabbiy qo'l ostida 4ta o'yin o'tkazib, bitta durang o'ynagan holda uch bora mag'lubiyatga uchradi. Jamoa hozirda APL turnir jadvalida so'nggi pog'onada bormoqda.
Fikrlar