So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  210 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  5 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

APLning eng "yovvoyi" jamoasi bugun o'z yurishini boshlaydi (Prevyu) Yangiliklar

APLning eng "yovvoyi" jamoasi bugun o'z yurishini boshlaydi (Prevyu)

Teglar :  APLLiverpulUotford
Bugun APLda 1-tur davom ettiriladi. Championat.asia sayti xodimi Tolibjon Qosimovdan Premer-liga o'yinlariga bag'ishlangan prevyularni o'qishda davom eting.
Kecha tunda APL katta jo'shqinlik bilan kirib keldi. "Arsenal" va "Lester" jamoalari muxlislarga super tomoshabop o'yin namoyish etib berishdi. Bugun esa dastlabki tur bellashuvlari davom ettiriladi. Quyida bugungi kundan o'rin olgan birinchi o'yinga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 1-tur
"Uotford" – "Liverpul"

12.08.2017, 16:30
"Vikaridj Roud"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)



"Uotford" o'tgan mavsumni 17-o'rinda yakunlagan edi. Jamoa etarlicha zaxira ochkolari yig'ib qo'ygani uchun oldingi mavsumning so'nggi olti o'yinida mag'lub bo'lganiga qaramay CHempionshipga tushib ketmadi. Valter Maccari qo'l ostida ijobiy natijalarga erisha olmagan "arilar" boshqaruvi portugaliyalik Marko Silva qo'liga o'tganidan keyin ham jiddiy o'zgarishlar bo'lmadi. Yangi mavsumda esa muxlislar jamoadan yaxshiroq natijalar kutishadi. Yozgi transfer oynasida klub "Bernli"dan Andre Greyni rekord 18.5 million funtga sotib oldi. Boz ustiga, etakchi, sardor va to'purar Troy Dini ham jamoada qoldi. Bu faktorlar "Uotford"dan o'tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq natijalar kutishimiz mumkinligiga ishora qilayotgandek.

Endi esa Yurgen Klopp kelgach, Angliyaning eng tajovuzkor va "yovvoyi" jamoasiga aylangan "Liverpul" haqida so'z yuritamiz. Kecha tunda super o'yin guvohi bo'ldik. Agar, bugun "Uotford" himoyaga yotib olib o'z vaqtini kutib o'ynamasa kechagidan kam bo'lmagan o'yinni ko'ramiz. "Qizillar" so'zsiz faqat hujum haqida o'ylashadi. Klopp shunday murabbiy, u uchun himoya ham hujum. Kecha "Arsenal"ni eng chiroyli o'yin ko'rsatadigshan jamoa deb atagan edim. "Liverpul" esa eng hujumkor jamoa. Mersisaydliklarning o'yinlarini kuzatish zavq bag'ishlaydi, bunday o'yin futbolchilardan juda katta jismoniy kuch talab qiladi. Lekin, Kloppga jamoada koncentraciyani ushlay olmaslik biroz pand bermoqda. Ayniqsa, autsayder sifatida qaraladigan klublarga qarshi o'yinlarda jamoa biroz o'zgarib qolgandek bo'ladi bazida.

Yozgi transfer oynasida olib kelinganlardan ajratib ko'rsatsa bo'ladiganlari Dominik Solanke, Endryu Robertson va Muhammad Salax. Solanke "CHelsi"dan tekinga olindi. Keyin u yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Yosh Dominik markaziy hujumga raqobat tug'dirib berishi kerak bo'ladi. Endryu Robertson esa chap qanot himoyachisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Xall Siti"dagi o'yinlari orqali tanilgan himoyachi bu mavsum asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. CHunki, Alberto Moreno anchadan beri o'yinini yo'qotib qo'ygan. Jeyms Milner esa nihoyat o'zining jonajon markaziy yarim himoyasiga qaytsa kerak. Har holda, Robertsonning xaridi Milnerga o'z joyida o'ynash imkonini berishi mumkin. Lekin, Jeymsning yoshi o'tib borayotgani uning asosiy tarkibdan tushib qolish ehtimolini oshiradi. Yozda amalga oshirilgan eng katta transfer "Roma" vingeri Muhammad Salax bo'ldi. Klopp doim yuguradigan jamoa tuzib kelgan. Salax uning uslubiga aynan mos tushadigan o'yinchi. Agar Koutino "Barselona"ga o'tmay jamoada qolsa, muxlislar ajoyib to'rtlikni ko'rishlari mumkin bo'ladi. Koutino - Mane - Salax - Firmino to'rtligi istalgan himoyani yorib o'tishga qodir kuchga aylanishi mumkin. SHuningdek, Salax jamoaning hujumdagi variantlarini ko'paytiradi. O'zi vaziyatlar yaratishi mumkin bo'lgan misrlik ancha foydali xarid bo'ldi deyish mumkin.

Yangi mavsumda CHempionlar ligasini saralashdan boshlaydigan "Liverpul" markaziy himoyachi sotib olmagani biroz g'alati tuyuldi. ECHL va APLda bir vaqtning o'zida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun Klavan, Matip, Lovren kabi markaziy himoyachilar kamlik qiladi nazarimda. Kloppga markazda harakat qiladigan jahon darajasidagi himoyachi zarur.



Murabbiylar fikrlari:

Marko Silva ("Uotford"):
"Biz uydagi har bir o'yinda nimadir yaratishni xohlaymiz. Siz uyda muxlislar qarshisida o'ynayotganingizda doimo kuchli bo'lasiz deb hisoblayman".

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Bizning o'yinimiz va raqibning o'yini 20 yoki 30 foizga tomoshabinlarni ko'paytiradi, chunki bu haqiqat. Bu Premer-liga".


Eplmanager.com: Barcha bilishi shart bo'lgan o'zgarishlar haqida malumot

Tolibjon Qosimov
Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика