So’nggi yangiliklar

12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  1 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  0 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  0 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  1 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  8 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  6 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  16 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11

APLga o'zgacha prevyu. "CA" jurnalistlari top oltilik haqida nima deydi? Yangiliklar

APLga o'zgacha prevyu. "CA" jurnalistlari top oltilik haqida nima deydi?

Nihoyat Evropa kuchli beshlik chempionatlari birin-ketin boshlanish arafasida.

Bugun dunyoning eng ko'p auditoriya yig'adigan va eng qiziqarli chempionati bo'lmish Angliya Premer-ligasining yangi mavsumiga start beriladi. Joriy yilgi chempionatni "Old Trafford"dagi bahs ochib beradi. Unda Joze Mourino boshchiligidagi "qizil iblislar" Klod Pyuel boshqaruvidagi "Lester"ni qabul qiladi.

"Championat.asia" jurnalistlari APLning top-6 jamoalari haqida mavsumoldi fikrlarini bayon qilishdi.


"Manchester Siti"
Jasur Aslanov


SHundoq ham juda kuchli tarkibga ega bo'lgan Angliyaning amaldagi chempionlari yozgi transfer oynasida "Lester Siti"dan Riyad Marezni sotib olishdi. Ushbu xarid o'tgan mavsum katta farq bilan Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylangan "shaharliklar" uchun juda ajoyib kuchayish. Jazoirlik futbolchi Xosep Gvardiola uslubiga juda mos futbolchi.

"Manchester Siti" mavsumni bazi etakchi futbolchilarsiz boshlaydi, chunki ular JCH-2018ning so'nggi kunlarida ham maydonga tushishdi. 2017/18 mavsumni jiddiy jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Benjamen Mendi mavsumoldi o'yinlarida o'zini ko'rsatdi va yaxshi formada.

Manchesterning ko'k rangli jamoasi yangi mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritishga ham ulgurdi. Ular Angliya Superkubogi uchun bahsda "CHelsi"ni 2:0 hisobida taslim etib, bu mavsumda ham chempionlik uchun asosiy davogar ekanligini isbotlashdi.

Jamoa tarkibida jiddiy yo'qotishlar yo'q. "Manchester Siti" APLning yangi mavsumini Unai Emerining "Arsenali"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.



"Manchester Yunayted"
Tolibjon Qosimov


Turli xil kelishmovchilik va muammolar girdobida qolgan MYU. Klub yozgi transferlar oynasida faqat 3 o'yinchini jalb qildi. Darvozabon Li Grant erkin agent bo'lgani uchun uchinchi kiper sifatida olindi. Diegu Dalot yosh va u kelajak uchun xarid qilindi desak to'g'riroq bo'ladi. Faqatgina "SHaxtyor"dan sotib olingan Fredni yaxshi transfer desa bo'ladi. Nazarimda, bu yil yangilardan aynan braziliyalik yarim himoyachi asosiy tarkibda o'ynab keta oladi. Lekin, MYUdek yirik klub uchun bu transferlar juda kam. Ayniqsa, uning raqobatchilari etarlicha transferlarni amalga oshirgan bir paytda.
Mourino jamoaga kelgan birinchi mavsumidayoq jamoaga tajribali, kuchli va tayyor markaziy himoyachi kerakligi haqida yozgan edim. CHunki, o'shandayoq himoya markazida muammolar bor edi. Ammo, mana Joze boshchiligida uchinchi yozgi transfer oynasi yopildi hamki, klub yuqoridagi sifatlarga ega futbolchi sotib olmadi. To'g'ri, Mour davrida Erik Bayi va Viktor Lindelyof olib kelindi. Lekin, ular tajribali va tayyor himoyachilar emasdi. "Qizil iblislar"ning transferlaridan kelib chiqib jamoa bu mavsum chempionlik uchun kurashda juda katta qiyinchiliklarga duch kelishini taxmin qilish mumkin. To'g'ri, jamoa sovrin uchun asosiy davogarlar qatorida qolaveradi. Ammo, lekin, biroq... Jamoani juda ham og'ir mavsum kutib turibdi.

Joze chiroyli futboldan ko'ra natijani ustun qo'yadi. Jamoaning "Bavariya"ga qarshi o'tkazgan oxirgi o'rtoqlik o'yinida ko'pchilikning hafsalasi pir bo'ldi. Benazir shogirdlari to'lig'icha himoyaga "yotib olishdi". Bu o'yin bilan muxlislar olqishiga erishib bo'lmaydi. Boz ustiga tarkibda qator yo'qotishlar va muammolar bor. Jozening o'yindan oldingi matbuot anjumanida aytishiga ko'ra, Serxio Romero, Antonio Valensiya, Markos Roxo, Diegu Dalot, Ander Errera va Nemanya Matichlarda jarohat bor va katta ehtimol bilan ular "Lester"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishmaydi. Bundan tashqari, JCH-2018 yulduzlari ham jamoaga faqatgina dushanba kuni kelib qo'shilishdi.

Odatda, 4-3-3 sxemasidan ko'proq foydalanadigan Mourino oldida tarkib tanlashda yaxshigina muammolar yuzaga kelgan. Himoyaning o'ng qanotida Valensiya va uning o'rinbosari Dalotda jarohat bor. Tayanchda Matich tushmasligi ehtimoli yuqori. Demak, serbning o'rnida Skott Maktominey o'ynaydi. Markazda ikki yarim himoyachi bilan o'ynashga odatlangan "Special One" Fredga tandem sifatida Andres Pereyrani tanlasa kerak. Qanot vingerilari rolini Xuan Mata va Aleksis Sanches bajaradi. Markaziy hujumda esa katta ehtimol bilan Markus Reshfordni ko'ramiz.



"Arsenal"
Narzulla Saydullaev


Arsen Vengersiz "Arsenal"ni shaxsan men birinchi marta ko'raman. 20 yildan ortiq London klubini boshqargan murabbiy o'tgan mavsum oxirida ketishga qaror qildi. Endi "kanonirlar"ni Unai Emeri boshqaradi.

Yangi mavsumda Emeriga juda qiyin bo'ladi. Birinchidan, APLda debyutant. Ikkinchidan, u Vengerning o'rnini egalladi. Balki endi "Arsenal"da ham huddi Fergyusson ketgach MYUda sodir bo'lgani kabi murabbiylar tez-tez almashar. Emeri kamtargina "Sevilya" bilan Evropa ligasida zafar qucha olgan, PSJ bilan Franciyadagi barcha sovrinlarga ega chiqqan, faqat chempionlar ligasida uning hech omadi kelmagan. Emeri bu mavsum "to'pchilar"ni APLda kuchli to'rtlikka olib kira olsa bu juda katta natija bo'ladi.

Tarkibda bir qator yangi futbolchilar bor. "Bayer" posboni Bernd Leno Petr CHex va David Ospinaga raqobat qilish uchun olib kelindi.

"Yuventus"ga kerak bo'lmay qolgan tajribali Stefan Lixtshtayner ham endi Londonda o'ynaydi. Doim muammoga uchraydigan himoya markaziga greciyalik Sokratis Papastatopulos olib kelindi.

19 yoshli Matteo Genduzi kelajak uchun qilingan xarid, urugvaylik Lukas Torreyra esa raqobatni yanada oshiradi.

Klub yozda u qadar yorqin transfer qilmaganiga sabab bor. CHunki jamoa asosiy tarkibni to'liq saqlab qolishga erishdi. So'nggi yillarda Venger asosiy yulduzlari boshqa klublarga ketib qolishidan aziyat chekardi.

Klubni uch futbolchi tark etdi. Germaniyalik Per Mertesaker faoliyatini yakunlashga qaror qilgan bo'lsa, uzoq vaqt jarohat tufayli maydonga tushmagan Santi Kasorla "Vilyareal"ga ketdi. Jek Uilshir esa keyingi taqdirini "Vest Xem" bilan bog'ladi.

O'tgan mavsum yarmida sotib olingan Obameyang va Mxitaryan kabi futbolchilar jamoaga yanada kirishib ketishganiga shubha yo'q. SHunday ekan bu klub muxlislari yangi "Arsenal"dan yaxshi natija kutishlari mumkin. Lekin bir narsani tan olish kerak bunday tarkib chempionlik uchun kurasha olmaydi.



"CHelsi"
SHahboz Beg'amov


To'g'risi, Angliya premer-ligasi borasida mendan ko'ra ko'proq malumotlarga ega, aynan shu chempionatga ixtisoslashgan jurnalistlar ko'p. Ochig'ini aytaman, APLni ham barcha chempionat qatori kuzatib boraman. Ammo bu liga o'yinlaridan ko'ra, A Seriya yoki Bundesliga meni didimga ko'proq  o'tiradi. APLda oxirgi yillarda nisbatan taktika kirdi. Bundesliga, A Seriyada ishlagan murabbiylar ko'payib borayotgani sari premer ligada ham taktik kurashlar guvohiga aylanishni boshladik.

Bu yili shaxsan menga "CHelsi"dagi o'zgarishlar ko'proq qiziqdek ko'rinmoqda. Konte kelgach chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan va o'tgan yili yana tezda cho'qqidan pastga qulagan "aristokratlar" bu yili yangilanish arafasida. Kontening himoyadan qurgan o'yini ko'pchilik uchun zerikarli tus olgandi. Mauricio Sarri esa butkul teskari futbol tarafdori. Yani, Sarrining falsafasi hujumkor o'yindan iborat. Albatta, mavsum startida jamoa o'z o'yiini topib olishi, ko'nikishi va 3 himoyali tizimdan avvalgi 4 himoyachi taktikasiga moslashib olishi uchun malum vaqt talab etiladi.

"CHelsi"ning ustun tarafi - ECHLda o'ynamaydi. To'g'ri, taqvim jihatdan bu ularga engillik bermaydi. CHunki jamoa ECHL o'rniga Evropa ligasida o'ynashiga to'g'ri keladi. Ammo Sarri bu musobaqada o'yin amaliyotisiz qolish ehtimolidagi ikkinchi tarkib futbolchilariga ko'proq imkoniyat beradi.

Mauricio Sarri o'tgan ikki mavsumda A Seriyada "Napoli" bilan engilmas "Yuventus"ga raqobat tug'dirishga harakat qildi. Ammo kurashni doim finishga qadar davom ettira olmadi. Bu erda esa kurash qizg'in, raqobatchilar ko'p. Ammo qo'l ostidagi futbolchilar, jamoa darajasi etibori bilan "CHelsi" "Napoli"dan kattaroq jamoa. Bu esa Sarriga oxirida etmay qolayotgan sifatlarni to'ldirishga yordam berishi mumkin.

Sarri "CHelsi"ni ilk mavsumdanoq chempion qilishiga hech kim kafolat berolmaydi. Ammo chempionlik uchun kurashda "Liverpul" va "Manchester Siti"ga eng katta raqobatni aynan "CHelsi"dan kutsa bo'ladi.

Mauricio Sarrining 4-3-3 taktik sxemasida "CHelsi" uzoq yillardan buyon ko'rsatmagan hujumkor, tajovuzkor futbolini yana qaytaradi. Sarridan chiroyli va qiziqarli futbolni kutish mumkin. O'ylashimcha, jamoa minimum "kuchli-uchlik"dan pastga tushmaydi. Birinchi faktor - ECHLda o'ynamaydi. Ikkinchi faktor - Sarrining futboli nafaqat chiroyli, balki samarali ham hisoblanadi.

Sarri A Seriyada ko'p bor intilgan, ammo yakunda o'sha qo'yilmagan oxirgi hal qiluvchi qadamini balki APLda qo'yishga muvaffaq bo'lishi mumkin. Buning uchun unda imkoniyat etarli. Muhimi, "CHelsi" rahbariyati italiyalik mutaxassisga sharoit va malum vaqt berishi lozim. CHunki yangi jamoa, yangi ligaga ko'nikish jarayonini ham unutmaslik zarur.



"Liverpul"
Jasur Aslanov


So'nggi mavsum CHempionlar ligasi finaligacha etib borgan "Liverpul" yangi futbol yiliga 100% tayyor. Yurgen Klopp jamoasi yozgi transfer oynasida ajoyib xaridlarni amalga oshirdi. "Qizillar"ning darvozabon muammosi hal qilindi. "Roma"dan sotib olingan Alisson Beker mersisaydliklar darvozasini ishonchli qo'riqlashi aniq. Bundan tashqari, "Liverpul" Jerdan SHakiri, Fabino va Nabi Keytalarni xarid qildi.

Liverpul shahri jamoasi yangi futbolchilar bilan mavsumoldi o'yinlarida juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Klub etakchilari Sadio Mane, Muhammad Saloh va Roberto Firminolar JCH-2018ni erta tark etishgani tufayli "Liverpul" yig'inlarida qatnasha olishdi. Bu trio o'rtoqlik o'yinlarida yaxshi formada ekanligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, jarohatlardan boshi chiqmayotgan Daniel Starrij jangga tayyorligini isbotladi. Starrij ketma-ket 3ta o'rtoqlik o'yinida 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri, bu bahslarda natija muhim emas, ammo uzoq vaqt jarohatini davolagan futbolchi shu yo'l bilan o'ziga bo'lgan ishonchini tiklab olishi mumkin. O'tgan mavsum APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallagan "Liverpul" bu futbol yilida yaxshiroq natija qayd etishi aniq. Yurgen Klopp "qizillar"ni yildan-yilga kuchliroq jamoaga aylantiryapti.



"Tottenxem"
Tolibjon Qosimov


"Tottenxem" yozgi transferlar oynasida birorta ham xaridni amalga oshirmagan yagona klub bo'ldi. Muhimi Maurisio Pochettino mavjud tarkibni saqlab qoldi. Tobi Alderveyreld, Kiran Tripper, Kristian Eriksen, Dele Alli, Xarri Keyn kabi o'yinchilarga anchagina klublar qiziqqaniga qaramay "shporlar" ularni ushlab qola olishdi. Har holda, hozircha olib qolishdi. CHunki, APL jamoalari endi qishgacha o'yinchi sotib olisholmaydi. Ammo, qolgan chempionatlarda transfer oynasi yopilgunga qadar o'yinchi sotishlari mumkin.

Pochettino 4-2-3-1, 3-4-3 va 4-3-3 sxemalaridan ko'p foydalanadi. "Tottenxem"da har bir joy uchun ikki nafardan o'yinchi bor. SHu bois, mavsum davomida murabbiy tez-tez rotaciyaga qo'l urishi aniq. Londonliklar tezkor va tajovuzkor futbol namoyish etishadi. Pressingni hujumning o'zidayoq boshlashni xush ko'rishadi, Eriksen, Alli, Son Xyon Min, Lukas Moura, Keyn kabi ijrochilarning borligi jamoaning kuchli to'rtlik uchun kurasha olishini ko'rsatib turgandek.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика