APLda noyabrning eng yaxshi murabbiy e'lon qilindi. U rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2017, 16:06
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti chempionatning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyini e'lon qildi.

Noyabr oyidagi 4ta bahsda g'alabaga erishgan "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola eng yaxshi deb topildi.

Ispaniyalik mutaxassis shogirdlari o'tgan oyda "Arsenal", "Lester Siti", "Xaddersfild", "Sautgempton" jamoalarini taslim etdi.

"Manchester Siti" - "Arsenal" 3:1

"Lester Siti" - "Manchester Siti" 0:2

"Xaddersfild" - "Manchester Siti" 1:2

"Manchester Siti" - "Sautgempton" 2:1

Xosep Gvardiola ushbu sovrini bilan Angliya Premer-ligasida rekordni takrorladi. U "Chelsi" ustozi Konte kabi ketma-ket uch marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia