So’nggi yangiliklar

00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  0 00:25ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  153 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  95 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  5 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  19 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  9

Derbida "Siti" g'alaba qozondi va peshqadamlikka qaytdi Yangiliklar

Derbida "Siti" g'alaba qozondi va peshqadamlikka qaytdi

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:2

"Old Trafford"

Gol: Bernardu (54, 0:1), Sane (66)

Manchester Yunayted - De Xea, Darmian (Sanches, 83), Smolling, Lindelof, SHou, Yang, Fred, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Reshford.

Manchester Siti - Ederson, Uolker, Kompani, Lyaport, Zinchenko, Fernandino (Sane, 51), Gyundogan (Danilo, 89), Silva, Bernardu, Sterling, Aguero (Jezus, 89).

Ogohlantirish: Pereyra (24), Zinchenko (26), SHou (89).

Manchester United

Premier League . 31-tur

25/04/2019, 01:00

2
:
0
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 54', Leroy Sane - 66'

Stadion: Old Trafford, 74431 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
24'  Andreas Pereira
72'  Andreas Pereira (Romelu Lukaku)
83'  Jesse Lingard (Anthony Martial)
83'  Matteo Darmian (Alexis Sanchez)
89'  Luke Shaw
10'  Vincent Kompany
26'  Oleksandr Zinchenko
51'  Fernandinho (Leroy Sane)
54'  Bernardo Silva
54'  Ilkay Gundogan
66'  Leroy Sane
66'  Raheem Sterling
89'  Ilkay Gundogan (Danilo)
89'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)

YANGILASH

O'YIN YAKUNLANDI! "MANCHESTER SITI" SO'NGGI YILLARDA DOIMIY KUZATILIB KELINAYOTGAN "OLD TRAFFORD"DAGI AN'ANAVIY G'ALABASINI DAVOM ETTIRDI VA PESHQADAMLIKKA QAYTDI. Ajoyib o'yin uchun jamoalarga rahmat aytamiz. 

90+3. "Old Trafford" bo'shab qoldi. Bugun tan olish kerak "Siti" "Yunayted"dan bir bosh ustun ekanligini namoyish qildi.

To'xtalishlar o'rnini qoplash uchun Mariner o'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi. Bugun kambek ko'rmaymiz. "Siti" to'xtamayapti.

89. "Siti"da o'zgarishlar. Gyundogan o'rniga Danilo, Aguero o'rniga Jezus maydonga tushdi.

89. SHou ogohlantirildi.

83. MYU tarkibida o'zgarishlar. Lingard o'rniga Marsyal, Darmian o'rniga Sanches maydonga tushdi.

77. Reshfordning qanotdan uzatgan pasini Lukaku darvozaga aniq yo'llay olmadi.

72. O'zgarish. Pereyra o'rniga Lukaku maydonga tushdi.

71. Pereyraning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

68. De Xea golda aybi bordek sezmoqda o'zini. Ammo unday emas ((

66. GOOOOOOOOLLLLL!!! SANEEEEEEE!!!! MYU himoyasi ochiqchasiga darz ketdi. Sane qanotda bir o'zi qolib ketdi va De Xeaning yaqin burchagini aniq nishongi oldi, 0:2.

64. Ammo Pogba jonli devorni nishonga oldi.

62. Pogbaga qarshi fol ishlatildi. Ajoyib nuqtadan standart. Zargarona zarba beradigan futbolchi bo'lsa bo'ldi.

59. To'p bir qarasangiz "Siti"da, yana bir qarasangiz yana "Siti"da.

58. Sane tushganidan keyin MYU himoyasi "Siti" hujumlariga dosh berishi qiyin bo'lmoqda.

57. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA qani??!! Lingard bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

56. "SHaharliklar" o'z qo'shnilari darvozasiga istalgan uslubda zarba berishmoqda. Aguero Sanening pasidan keyin zarba berdi. Noaniq.

Bernardu Silva MYU posboni David De Xeaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. Endi o'yin yanada jonlanadi.

54. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! BERNARDUUUUUUU!!!

53. "Siti"dan yana bir ajoyib yurish. Sanening qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yubordi.

51. "Siti"da o'zgarish. Fernandino o'rniga Sane.

48. "Yunayted"ning hujumi. Tiki-taka kabi ular ham paslar orqali jarima maydonchasi ichiga yorib kirishgandi. Ammo himoyachilar Pogba va to'pni to'xtatishdi.

46. "Siti" ikkinchi bo'limni keskin hujum bilan boshladi. Ammo Silvaning qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

TUGADI! Daxshatli bo'lim o'tdi o'ziyam. Odamning uxlagisi kelmaydi. Kutamiz ikkinchi bo'limni.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Agueroning zarbasi noaniq ketdi.

44. Pereyraning zarbasini Kompani qaytardi. Keyinchalik havodagi to'pni Fred qo'li bilan (o'zi bilmagan holda) o'ziga to'g'rilab olib pas berdi. Biroq "Siti" himoyachilari yana o'z o'rnida.

43. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! Nima degani buuuuuuu!!!! Sterling bir necha himoyachilarni istagancha aldadi va 5 metrlardan zarba berdi. De Xea qahramon.

42. Pogba markazda yiqitildi va jarima belgilandi. Undan uzatilgan to'pni Ederson ushlab oldi va tezkorlik bilan hujumga tepib yubordi. Smolling bu tomondan xavfni bartaraf etdi.

40. Fred qo'pollik bilan Agueroni yiqitgandi. "Siti" standartga ega bo'ldi. Biroq to'pni uzatishda xatolik.

35. "Siti" MYUni to'psiz harakatlantirmoqda. Tiki-taka o'yinni biroz zerikarlilashtirmoqda.

32. Reshford va Lingard hujumga o'tib ketdi. 2ga 2 holat edi. Biroq Reshford eng yomon yo'lni tanladi va qanot tomon yugura ketdi. SHu boisdan himoyachi to'pni tepib yubora oldi.

30. Bir daqiqa mobaynida "Siti" MYU darvozasi oldida bosim ushyutirdi. Ammo Sterlingning noaniq to'p uzatishidan keyin hujum tugadi.

28. Biroq Yangning jarimadan uzatgan to'pini himoyachilar chetga chiqarib yuborishdi.

27. Zinchenko tik oyog'i bilan chiqib, Yangga qarshi fol ishlatdi va ogohlantirildi. MYUda standart.

26. Aguero chap qanotdan hujumga o'tdi va to'pni markazga uzatdi. Bernarduning chalqancha uslubda bergan zarbasi noaniq ketdi. 

24. Zinchenkoga qarshi fol ishlatgani uchun Pereyra ogohlantirildi.

23. Markazda Gyundogan xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Pereyra to'pni egallab oldi va uzoq masofadan zarba berdi. Noaniq....

19. TENNISMI BU NIMA BALO! Fredning xatosidan keyin "Siti"da qulay vaziyat yuzaga keldi. Silvaning zarbasini De Xea qaytardi. Keyinchalik to'pni Lingard egallab oldi va tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va Reshford tomon to'pni uzatdi. Ammo Ederson xavfni bartaraf etdi. 10 soniya ichida biz ikki darvoza yaqinida golga tortadigan vaziyat ko'rdik. O'yin zo'r ketmoqda. SHiddat, temp, bosim, umuman barchasi yuqori notada.

18. Ustunlik "Siti" tomonda emas. Zarbalar berish bo'yicha ko'rsatkich: 4 - 1.

16. ZARBAAAALAR!!!! MYU bir daqiqada ikki bora gol urish uchun vaziyatga ega bo'ldi. Avvaliga Fred uzoq masofadan zarba berdi. Keyin esa Lingard vaziyatdan foydalana olmadi.

15. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Yo'q, bu kuchsiz zarba gol bo'lishi mumkin edi. Sterling o'z qanotidan o'z uslubida jarima maydonchasi tomon kirib bordi va kuchsiz zarba berdi. To'p Smollingga tegib,yo'nalishini o'zgartirdi. De Xea esa vaziyatni payqadi va to'pni ushlab oldi.

Dastlabki 13 daqiqalikda to'pni ushlab turish borsidagi ko'rsatkich: 34 - 66.

11. Mezbonlar raqib darvozasi oldida keskin bosim uyushtirishdi. Kichik davrm mobaynida "shaharliklar" bir necha xatolarga yo'l qo'yishdi. Ammo "Yunayted"ning zarbalari Edersonga etib bormadi.

10. MYU standartga ega bo'ldi.

9. MYU bir ko'rinishidan oddiy, ammo havfli hujum tashkil qildi. Reshfordning pasi Lingardga etib bormadi. Aks holda u Ederson bilan birga bir holatga tushardi.

7. Avvaliga markazda MYU futbolchisiga nisbatan fol ishlatilgandi. Ammo hakam indamadi. Biroq ikkinchi vaziyatda shu tariqa Sterlingga qarshi fol ishlatildi. Hakam jarima belgiladi. Biroq havodan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Kutilganidek, total ustunlik "Siti" tomonida.

4. "Siti" o'zining tiki-takasi bilan hujum uyushtirayotgandi. Ammo Zinchenko Yangga nisbatdan qoidani buzdi va hujum to'xtadi.

2. Ilk hujumni MYU tashkil qildi. SHouning uzatgan to'piga Reshforddan ko'ra, Ederson tezroq etib bordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuvga barchasi shay!

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика