So’nggi yangiliklar

07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  0 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  9 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  1 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  8 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  14 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  34 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  15

⚡️ APL. Yakuniy jadval, to'purarlar va assistentlar ro'yxati hamda boshqa statistik malumotlar (batafsil tahlil) Yangiliklar

⚡️ APL. Yakuniy jadval, to'purarlar va assistentlar ro'yxati hamda boshqa statistik malumotlar (batafsil tahlil)

Teglar :  APL 2021/22
Angliya chempionati 2021/22 yilgi mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

“Manchester Siti” 8-marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Pep Gvardiola esa joriy turnirdagi titullarini 4 taga etkazib, Arsen Venger hamda Joze Mourinyuni (ikkisida 3 tadan) ortda qoldirdi. Oldinda esa faqatgina Ser Aleks Fergyuson (13 ta) bor.

Evrokuboklarga yo'l olgan jamoalar:

ECHL – “Man Siti”, “Liverpul”, “CHelsi”, “Tottenxem”;

Evropa Ligasi – “Arsenal”, “Manchester Yunayted”;

Konferenciyalar Ligasi – “Vest Xem”

CHempionshipga tushib ketdi – “Norvich”, “Uotford”, “Byornli”

Yuqori divizionga ko'tarildi – “Fulxem”, “Bornmut”, yana biri 29 may kuni “Xaddersfild” va “Nottingem Forest” uchrashuvidan keyin malum bo'ladi

YAKUNIY JADVAL

Muhammad Saloh va Son Xyon Min 23 tadan gol bilan “Oltin butsa”ni qo'lga kiritishdi.

YAKUNIY TO'PURARLAR JADVALI

Alisson Beker va Ederson Moraes mavsum davomida 20 tadan “quruq” o'yin o'tkazib, “Oltin qo'lqop” sohibiga aylanishdi.

Saloh 13 ta golga hammuallif bo'lib, eng yaxshi assistent nomiga ham ega chiqdi.

YAKUNIY ASSISTENTLAR RO'YXATI

*Boshqa statistik mahlumotlar

Uydagi eng yirik g'alaba:

“CHelsi” 7:0 “Norvich”

“Man Siti” 7:0 “Lids”

Safardagi eng yirik g'alaba:

“Sautgempton” 0:6 “CHelsi

Eng sermahsul o'yin:

“Man Siti” 6:3 “Lester”

Eng ko'p g'alabali seriya – 12 ta, “Manchester Siti”;

Eng ko'p mag'lubiyatsiz seriya – 19 ta, “Liverpul”;

Eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin – 73,564 tomoshabin MYU va “CHelsi” (1:1) bahsi;

Eng kam muxlis kelgan bahs – 16,479 tomoshabin “Brentford” va “Arsenal” (2:0) o'yini;

Maygacha oy futbolchisi nomini eng ko'p qo'lga kiritgan o'yinchi – Krishtianu Ronaldu (2 ta, sentyabr va aprel);

Maygacha oy murabbiyi nomini eng ko'p qo'lga kiritgan mutaxassis – Mikel Arteta (2 ta, sentyabr va mart);

Mavsum futbolchisi – Kevin de Bryuyne;

Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi – Fil Foden;

Futbol jurnalistlari talqini bo'yicha eng yaxshi futbolchi – Muhammad Saloh;

Eng ko'p (11 ta) sariq olgan futbolchilar – Xunior Firpo (“Lids”), Tayron Mingz (“Aston Villa”), Jeyms Tarkovski (“Byornli”);

Eng ko'p (2 ta) qizil olgan futbolchilar – Raul Ximenes (“Vulverxempton”), Ezri Konsa (“Aston Villa”);

Eng ko'p sariq olgan klub – “Lids” (101 ta);

Eng ko'p qizil olgan klub – “Everton” (6 ta);

Eng ko'p zarba bergan futbolchi – Muhammad Saloh (139 ta);

Eng ko'p seyv qilgan kiper – Illan Mele (“Lids”, 143 ta).

Eng ko'p fol ishlatgan futbolchi – Konor Gallaxer (“Kristal Pelas”, 65 ta).


Angliya chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoalar:

1. “Manchester Yunayted” – 20 ta;

2. “Liverpul” – 19;

3. “Arsenal” – 13;

4. “Everton” – 9;

5. “Man Siti” – 8.

Eslatib o'tamiz, APL 2022/23 yilgi mavsumi 6 avgustda start olishi rejalashtirilgan va musobaqa keyingi yil 28 maygacha davom etadi.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика