So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   9 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  4 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

APL. "Vulverxempton" – "Manchester Yunayted" 1:1. Pogba penaltidan gol ura olmadi Yangiliklar

APL. "Vulverxempton" – "Manchester Yunayted" 1:1. Pogba penaltidan gol ura olmadi

Angliya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Vulverxempton" – "Manchester Yunayted" bahsi o'tkazildi.

Mezbonlar MYUga munosib qarshilik ko'rsatishdi va 1 ochkoga ega bo'lishdi.

Wolverhampton Wanderers

Ruben Neves - 55'

Premier League . 2-tur

20/08/2019, 00:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Anthony Martial - 27'

Stadion: Molineux Stadium, 31314 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
46'  Matt Doherty (Adama Traore)
51'  Ruben Neves
55'  Ruben Neves
55'  Joao Moutinho
67'  Ryan Bennett
86'  Diogo Jota (Pedro Neto)
90'  Raul Jimenez (Patrick Cutrone)
24'  Daniel James
27'  Anthony Martial
27'  Marcus Rashford
68'  Paul Pogba
81'  Jesse Lingard (Juan Mata)
84'  Aaron Wan-Bissaka
89'  Daniel James (Mason Greenwood)
89'  Marcus Rashford (Andreas Pereira)

Vulverxempton – Manchester Yunayted 1:1 

00:00 | «Moline Stedium»

Gollar: 27, Marsyal - 0:1, 55, Nevesh - 1:1.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Boli, Bennett, Doerti, Ruben Nevesh, Dendonker, Moutinyu, Koudi, Ximenes (90+1, Kutrone), Diogu Jota (86, Pedru Netu).

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Maguayr, Uan-Bissaka, SHou, Djeyms (89, Grinvud), Pogba, Lingard (81, Mata), Maktomini, Marsyal, Reshford (89, Perreyra).

Ogohlantirishlar: Jeyms (25), Nevesh (51), Bennet (67).


                         APL TURNIR JADVALI

UCHRASHUV YAKUNLANDI. MYU HAM OCHKO YO'QOTDI.

90+1. O'zgarish. Ximenes o'rniga Kutrone tushdi.

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. Jeyms o'rniga Grinvud, Reshford o'rniga Perreyra tushdi.

86. O'zgarish. Jota o'rniga Pedru Netu tushdi.

86. "Bo'rilar" qarshi hujumda MYUni jazolashi mumkin edi, ammo bu safar gol bo'lmadi.

85. Jeyms juda tezkor va yuqori texnikasini ko'z-ko'z qilmoqda.

82. David De Xea jamoasini goldan qutqardi. Kastroning boshi bilan bergan kuchsiz zarbasi ispaniyalik posbonga qiyinchilik tug'dirgani yo'q.

81. O'zgarish. Lingard o'rniga Mata tushdi.

80. Va nihoyat o'zgarish bo'ladiganga o'xshaydi. Xuan Mata maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

77. Yana bir imkoniyat. Bu safar Markusning zarbasi bloklandi va Jeymsga kelib tushdi. Uelsklik futbolchi esa burchak to'pi ishladi.

76. Reshfordning zarbasi o'ziga o'xshamadi. CHap oyoqda tepilgan to'p juda yuqoriladiki, xuddi Regbida bo'lganidek.

75. MYU hujumga o'tmoqda... Van-Bissaka va to'p yo'qotildi.

73. Hozirgacha birorta o'zgarish amalga oshirilmadi.

68. YO'Q! QOYILMISIZ? Rui Patrisiu penaltini qaytardi va vaziyat qahramoniga aylandi.

68. PENALTI! Pogbani bu safar Koudi to'xtatdi va penalti. Pol Pogba o'zi tepadi.

67. Bennet Pogbani qo'pollik evaziga to'xtatdi.

65. Bir qiziq malumot. APLda 2-tur yakunlanayotgan bir paytda faqatgina "Everton" klubi gol o'tkazib yubormaganini aytish kerak.

57. VAR tizimi gol bo'lgan vaziyatni muhokama qilmoqda. OFSAYD bo'lishi ham mumkin. YO'Q, GOL INOBATGA OLINDI - 1:1 >>>> VIDEO

55. GOL! SHEDEVR GOL! Ruben Neveshning zarbasi turning eng chiroyli gollaridan biri bo'lishi aniq.

54. MOUTINO! UXXXX. Ajoyib uzatma. Lekin, Raul Ximenesning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

52. Van-Bissaka kutilmaganda yaxshi pas uzatdi, ammo Lingard buni kutmagandi. Natijada, hujum oxiriga etmay qoldi.

51. Rubun Nevesh hakam tomonidan siylandi

49. Ikkinchi taym juda tez boshlanib ketdi. Nunu Eshpiritu Santu tanaffus vaqtidan unumli foydalanib shogirdlariga faqat va faqat hujum qilishni uqtirgan ko'rinadi.

47. UXXX. Maguayr bir amallab hujumni qaytardi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Paslar bo'yicha hisob: 155-344

41. MYUda yana bir standart vaziyat vujudga keldi. Burchakdan Reshford to'pni uzatib berdi. Himoyachilar ishonchli o'ynab, hujumni to'xtatishdi. 

39. Mehmonlar "Vulverxempton" klubini o'z jarima maydoniga qamab qo'yishdi. 

34. MYU qarshi hujumga o'tmoqda. Lingard to'p bilan... Pogba, SHou, Maktominay to'p "qizil iblislar" nazoratida.

27. GOL! Dahshatli gol! Marsyal Reshfordning sovg'asidan unumli foydalandi>>>> VIDEO

25. Jeyms ogohlantirildi simulyaciya ishlatgani uchun

22. Pogbaga nisbatan qo'pol o'yin. Dendonker aybdor.

18. Reshford ikki bor aldamchi harakatlarni muvaffaqiyatli bajardi va to'pni havolatib Marsyalga etkazdi. Antonioning zarbasi esa omadsiz bo'ldi. Lukakuning o'rni bilinyapti.

18. Lyuk SHou mezbonlarning hujumini bartaraf etishga ulgurdi. Aut

15. Bugungi o'yinda Marsyal, Lingard, Jeyms, Reshford kvarteti "Bo'rilar" himoya chizig'ini yorib o'tishga harakat qilmoqda. Hozircha natija yo'q.

14. To'p nazorati 26-74 (%). MYU foydasiga.

12. Maydon markazida Skott Maktominayga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Lindelyofning jarima zarbasi noaniq ketdi. 

11. "Yunayted" to'p bilan ko'p muomala qilmoqda. Natijada, mankunianliklarda xavfli vaziyatga o'xshagan holatlar bo'lib turibdi.

9. Endi burchak zarbasini MYU kiritib beradi. SHou to'p yonida. Xavf bartaraf etildi.

8. Ximenesdan ajoyib yurish... Birin-ketin MYU futbolchilarni aldab o'tgan meksikalik hujumchi burchak to'pi ishlab oldi.

6. Bahsni Jonatan Moss boshqaryapti. Tajribali hakam.

4. Tomonlar hozircha bir-birlarini o'rganib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.

1. UCHRASHUVNI MEZBONLAR BOSHLAB BERISHDI!

Uchrashuvga oid qiziqarli malumotlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.


"Bo'rilar" "Qizil iblislar"ga qarshi, bugun o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan o'yin prevyusi


Jamoalar stadionga chiqib kelishdi.

Bahs «Moline Stedium» maydonida o'tkaziladi




Assalomu alaykum hurmatli saytimiz kuzatuvchilari! APL 2-turining so'nggi uchrashuvini kuzatishga taklif etamiz. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика