So’nggi yangiliklar

21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  0 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  3 21:10Суперлига. "Пахтакор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  38 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  16 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  38 20:26А Серия. "Лацио" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  49 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  1 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  2 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  2 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  8 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  3 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  34 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  7

APL. So'nggi daqiqada MYU hakamlar xatosi sabab mag'lub bo'ldi Yangiliklar

APL. So'nggi daqiqada MYU hakamlar xatosi sabab mag'lub bo'ldi

APLning 9-turi doirasidagi "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Vest Xem – Manchester Yunayted 2:1

27 oktyabr, 19:00 | "Stadion London"

Gollar: Sammervil (74), Kazemiro (81), Bouen (90+2).

Vest Xem – Fabianski, Emerson, Kilmen, Mavropanos (Todibo, 46), Uan-Bissaka, Rodriges, Alvares, Soler (Sammervill, 46), Lukas Paketa (Souchek, 46), Bouen, Antonio (Ingz, 71).

Manchester Yunayted – Onana, Mazraui (Lindelof, 84), Martines, de Ligt, Diogu Dalot, Kazemiro, Eriksen (Zirkze, 79), Garnacho, Brunu Fernandesh, Reshford (Diallo, 59), Xeylund.

Ogohlantirish: Lukas Paketa (25), Mavropanos (30), de Ligt (59), Sammervill (74).

West Ham United

Crysencio Summerville - 74', Jarrod Bowen - 90'

Premier League . 9-tur

27/10/2024, 19:00

1
:
2
Tugadi

Manchester United

Casemiro - 81'

Stadion: London Stadium, 62474 tomoshabin

Bosh hakam: David Coote

45'
90'
25'  Lucas Paqueta
30'  Konstantinos Mavropanos
46'  Lucas Paqueta (Tomas Soucek)
46'  Carlos Soler (Crysencio Summerville)
46'  Konstantinos Mavropanos (Jean-Clair Todibo)
71'  Michail Antonio (Danny Ings)
74'  Crysencio Summerville
74'  Danny Ings
74'  Crysencio Summerville
90'  Jarrod Bowen
90'  Guido Rodriguez (Aaron Cresswell)
90'  Emerson
90'  Aaron Cresswell
59'  Matthijs de Ligt
59'  Marcus Rashford (Amad Diallo)
79'  Christian Eriksen (Joshua Zirkzee)
81'  Casemiro
81'  Joshua Zirkzee
84'  Noussair Mazraoui (Victor Nilsson Lindeloef)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! APLning sharmandali hakamligi bilan yodda qoldi bu o'yin.

90+12. UXXXXXXX! Brununing zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90+9. UXXXXX! Garnacho raqib jarima maydonchasi ichiga kirgandi. Van-Bissaka podkati bilan to'pni raqibidan yulib oldi.

90+9. ZARBAAAAAA!! Hisob 3:1ga etishi mumkin edi. Emersonning zarbasini Onana boshi bilan qaytardi.

90+7. MYU hujumga o'tdi. Dalotning qanotdan uzatmasini Fabianski ushlab oldi. "Vest Xem" to'liq tarkib bilan himoyaga yotib olgan.

90+2. GOOOOOOOOOLLLL!! "Vest Xem" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketmoqda! Bouen gol muallifi!

O'yinga 12 daqiqa qo'shilibdi. Penalti vaziyati shunchaki sharmandalik

89. PENALTI! MYU darvozasi tomon! Juda oddiy vaziyat, menimcha, bu oddiy o'yin holati. Penalti belgilash uchun etarli emasdi. APL hakamlari - o'zga olam

88. VAR ishga tushdi. MYU darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.

85. Dialloning zarbasini Fabianski ushlab oldi.

84. Mazraui jarohat oldi va o'rniga Lindelof maydonga tushirildi.

81. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! Kazemiro hisobni tenglashtirmoqda!

77. UXXXXX!! "Yunayted"ning zarbalaridan keyin to'p shunchaki darvozaga kirishni istamayapti.

"Yunayted" birinchi bo'limda urmagan vaziyatlari uchun jazosini oldi. Va bu haqli bo'ldi.

74. GOOOOOOLLLLL!! SAMMERVIL! Hisob ochildi! "Vest Xem"ning ilk aniq zarbasi golga aylandi!

70. Hozircha ikkinchi bo'limda ustunlik mezbonlar tarafida bo'lib turibdi.

67. Diallo hujumga o'tdi va Kilmanni aldab, zarba bermoqchi bo'ldi. Himoyachi aldanmadi.

65. Qanotdan uzatilgan to'p uchun kurashda baland bo'yli Souchek Lisandrodan ustun keldi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

60. "Yunayted"da ilk o'zgarish bo'ldi. Bir soatlik imkoniyatdan unumli foydalana olmagan Reshi almashtirildi va Diallo o'yinga qo'shildi.

59. De Ligt sariq kartochka ishlab oldi.

57. ZARBAAAAAAA!! Xeylundning zarbasini Fabianski qaytardi!

55. "Vest Xem"ning o'yindagi ilk xavfli zarbasi. Antonio jarima maydonchasi chizig'i ustidan Onana darvozasiga zarba berdi. Noaniq. Hozircha londonliklar aniq zarba berishganicha yo'q.

54. Reshfordning qanotdan uzatmasini Garnacho raqib darvozasi yaqin burchagiga kiritmoqchi bo'ldi. To'p to'rning tashqi tomoniga tegdi.

52. Endi "Vest Xem" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Bouen zarba berish nuqtasiga kelganida Mazraui to'pni olib qo'ydi.

51. MYU hujumga o'tdi. Eriksenning zarbasiga himoyachi blok qo'ydi.

48. Onana jarohat oldi.

47. "Vest Xem" bo'limni yuqori notada boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limda xG bo'yicha ko'rsatkich: 0,04 - 1,48. Mankunianliklar kamida bitta gol urishlari kerak edi

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAAAA!!! FABIANSKIIIII!!! Kazemironing boshi bilan yo'llagan zarbasini Lukas qiyinchilik bilan qaytardi. Eng qizig'i Dalot bir metrdan bo'sh qolgan darvozaga zarba berishga ulgurmadi.

44. Garnacho qanotdan hujumga o'tdi va darvoza yonidagi Xeylund tomon to'pni oshirdi. Emerson jamoasini qutqardi.

41. Lisandro Martines jarohat oldi.

40. UXXXXXXX!!! Eriksenning burchakdan uzatgan to'pini Fabianski ushlab olish chog'ida xatolikka yo'l qo'ydi va to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Bugun ham mankunianliklarning kuni bo'lmayapti.

37. MYU jarima zarbasiga ega bo'ldi. Brununing zarbasi "devor"dan o'tmadi.

33. NIMAAAAAAAA! Bunisi oshib tushdi. Dalot bo'm-bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Qanday qilib!? Hisob hozirgacha kamida 3ta to'p farqi bilan bo'lishi kerak edi...

31. G'alati holat. Garnachoga qarshi Mavropans fol ishlatdi va sariq kartochka oldi. Bu erda offsayd qayd etilgan bo'lsa-da, sariq kartochka bekor qilinmadi. APL hakamlari - o'zga olam.

28. "Vest Xem" bosim boshladi. Lekin vaziyatlar zarba bilan yakunlanganicha yo'q.

23. Antonio bir vaqtlar burchakdan MYU darvozasiga gol urgandi. SHu ishini takrorlamoqchi bo'ldi. Burchakdan aylantirma traektoriyada darvoza tomon zarba yo'lladi. Onana to'pni ushlab oldi.

21. Reshfordda vaziyat! Fabianski bilan yakkama yakka holatga chiqib borgan Markus zarba berishga bir on qolganida to'pni ham o'zini ham yo'qotib qo'ydi.

13. "Yunayted" taxminan 20 soniya ichida ikkita vaziyatni yo'q qildi. Avvaliga Xeylund bir metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi. Keyinchalik Brununing boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. Hozircha maydonda "Yunayted" kuchliroqdek ko'rinmoqda.

12. "Vest Xem" hujumga o'tdi. Antonioning qanotdan uzatmasini Onana ushlab oldi.

8. Garnachooooo! Reshfordning superpasidan keyin Alexandro raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

5. Reshford hujumdagi sherigi Brunu tomon havolatib to'pni oshirdi. Fernandesh to'pga eta olmadi.

2. UXXXXXX!! Hisob ochilishi mumkin bo'lgandi! Garnachoning zarbasi ustunni va Fabianskining tizzasini titratdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! APLning 9-turi doirasidagi "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" bahsi start olmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика