So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 2:1 (матнли трансляция)  3 21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  11 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3

APL. "Manchester Yunayted" Londonda "Tottenxem"ni irodali hisobda mag'lub qilib, revansh oldi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" Londonda "Tottenxem"ni irodali hisobda mag'lub qilib, revansh oldi

Angliya chempionati 31-turining markaziy o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Tottenxem – Manchester Yunayted 1:3

Gollar: Son (40, 1:0), Fred (57, 1:1), Kavani (79, 1:2), Grinvud (90+6, 1:3).

Tottenxem – Loris, Rodon, Regilon, Ore, Dayer, Xeyberg, Ndombele, Lukas Moura, Lo CHelso (Sissoko, 61), Son Xen Min, Keyn.

Manchester Yunayted – Xenderson, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou, Maguayr, Pogba, Brunu Fernandesh (Matich, 90), Fred, Maktomini, Kavani, Reshford (Grinvud, 71).

Ogohlantirish: Maktomini (18), Kavani (41), Fred (48), SHou (67), Maguayr (70), Sissoko (90+2).

Tottenham Hotspur

Heung-Min Son - 40'

Premier League . 31-tur

11/04/2021, 21:30

3
:
1
Tugadi

Manchester United

Fred - 57', Edinson Cavani - 79', Mason Greenwood - 90'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
40'  Heung-Min Son
40'  Lucas Moura
61'  Giovani Lo Celso (Moussa Sissoko)
78'  Tanguy Ndombele (Erik Lamela)
82'  Lucas Moura (Gareth Bale)
90'  Moussa Sissoko
18'  Scott McTominay
33'  Edinson Cavani
41'  Edinson Cavani
48'  Fred
57'  Fred
67'  Luke Shaw
70'  Harry Maguire
72'  Marcus Rashford (Mason Greenwood)
79'  Edinson Cavani
79'  Mason Greenwood
90'  Bruno Fernandes (Nemanja Matic)
90'  Mason Greenwood
90'  Paul Pogba

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Yunayted"dan yana bir kambekcha. Jamoa ikkinchi o'rinni mustahkamlab oldi.

"Yunayted" uchun tur ideal o'tdi. "Lester" yutqazdi. Oradagi farq 7 ochkoga etmoqda. "Siti" yutqazdi. Oradagi farq 11 ochkogacha qisqarmoqda. "Yunayted"ning yana bir o'yini ham bor.

90+6. GOOOOOOOOLLLL!!! Bu tugadi degani. Pogbadan super harakatlar va Grinvud nuqtani qo'ydi.

90+4. Ore SHouga qarshi juda qo'pol o'ynadi. Bu harakat sariq kartochkaga tortardi.

90+2. Sissoko Fredga qarshi fol ishlatgani uchun xushtak chalindi.

Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi. Bu esa o'yin umumiy hisobda kamida 99 daqiqa davom etadi degani.

88. Xenderson bugun ajoyib o'ynadi. To'pga chiqishda yana bir bor kim qirol ekanligini ko'rsatib ham qo'ydi.

84. ZARBAAAAA!! Kavani avtogol urib qo'yishiga sal qoldi. To'p uning boshiga tegib, MYU darvozasi ustuniga tegdi.

82. Biz kutgan o'zgarish. Mour Mouraning o'rnini Beyl bilan to'ldirdi.

81. Orening zarbasi noaniq ketdi.

79. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! KAVANIIIIIII!!!! Ajoyib kombinaciyadan keyin Kavani chiroyli gol urdi!

74. ZARBAAAAAA!! Grinvudning kuchli zarbasi darvoza to'rining yon tomonidan kirib ketdi.

73. ZARBAAAAA!! Keyn o'tkir burchakdan Xenderson darvozasini nishonga oldi. Dindan yana bir super seyv!

70. Maguayr Keynni yiqitgani uchun sariq ishlab oldi. 5ta bo'ldi mankunianliklarda.

67. ZARBAAAAAA!!! Pogbaaaaaa!! Ajoyib zarba bergandi. Dayer o'z o'rnida.

63. ZARBAAAAAAAA!! Brununing chap oyog'ida yo'llagan kuchli zarbasini Loris qiyinchilik bilan qaytardi!

60. XENDERSONNNN!!! AJOYIBBBB!!! Son Xen Minning kuchli zarbasini Din o'ng oyog'i bilan qaytardi!

57. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Kavanining zarbasini Loris qaytardi. Qaytgan to'pni Fred kuchli zarba bilan darvozaga kiritdi!

56. ZARBAAAAAAAA!!! Van-Bissakaning pasidan keyin MakTomini kuchli zarba berdi. Loris zarbani qaytardi.

53. XAVFLI VAZIYAT! Pogbaning to'p uzatishidan keyin Rodon to'pni burchakka chiqarib yubordi.

51. "Yunayted" ikkinchi bo'limni hujum bilan boshladi. Van-Bissakaning zarbasini Loris ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"Yunayted" bosimi ostida taym yakunlandi.

Dastlabki bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Kavani Rodonga qarshi fol ishlatgani va unga yomon munosabatda bo'lgani uchun sariq kartochka oldi.

40. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Lindelofning qo'pol xatosidan keyin Moura to'pni egallab olib, Son Xen Minga oshirdi. Janubiy Koreyalik futbolchi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

39. XAVFLI VAZIYAT!!! Keyn van-Bissakadan o'tib, Xenderson darvozasi yoniga to'pni uzatdi. U erda "shporlar"dan hech kim yo'q edi.

36. Yo'q. VAR ishga tushdi va gol inobatga olinmadi.

34. GOOOOOOOOLLLL!!!!!  "Yunayted"dan super kombinaciya va Kavanidan super yakun!

32. Reshfordga qarshi fol ishlatilgandi. Ammo bosh hakam hushtak chalmadi.

29. Tomonlar negadir tempni tushirib yuborishdi. Extiyotkorlik ilk planga olib chiqildi.

24. Dayerning pasidan keyin Moura hujumga o'tayotgandi. Maguayr to'pni autga chiqarib yubordi.

19. MYU biz ko'rishga o'rgangan "ekonom rejim"da o'ynamoqda.

17. Mana zarbaaaaa!!! Reshfordning zarbasini Dayer qaytardi

16. Haligacha golga tortadigan vaziyat ko'rmadik.

11. "Yunayted" hujumga o'tdi. Fernandeshning Reshford tomon pasi darvozabonga ketib qoldi.

9. O'yin surati yomon emas. Ammo vaziyatlar yo'q.

3. Burchakdan uzatilgan to'pni Maktomini qaytardi. 16 metrlik chiziqning ustidan Son zarba berdi. Noaniq.

2. "Tottenxem" ilk daqiqadanoq yaxshi temp bilan hujumga o'tdi. Mouraning zarbasi SHouga tegib, burchakka chiqib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar shahzoda Filippning vafoti sababli bir daqiqalik sukut saqlashdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni Londonga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Manchester Yunayted" "Tottenxem"dan revansh olishga harakat qilib ko'radi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика