APL tarixida 90 ochko to'plagan murabbiylarning barchasi chempion bo'lgan

Eldor Akmurzayev
27 apr 2019, 22:15
APLning 36-turida Liverpul o'z uyida Xaddersfildni yirik hisobda (5:0) taslim etib, chempionatdagi ochkolarini 91taga etkazdi.

Avvalroq, bunday natijaga Aleks Fergyuson, Arsen Venger, Joze Mourinyo, Antonio Konte hamda Pep Gvardiola erishgan va ularning barchasi chempionatning bosh sovriniga ega chiqqandi.

Hozirda, Premer-liga turnir jadvalida mersisaydliklar Manchester Siti bilan chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Shaharliklar 89 ochko jamg'argan. Ular 36-tur bahsini ertaga Byornliga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun